Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2019 yilda qonun loyihalarini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş dasturi tasdiqlandi.
Dasturga köra, “Vazirlar Mahkamasi töğrisida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda işlab çiqiladi.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Hukumatning vakolatlarini, ularni amalga oşiriş mexanizmlarini aniq tartibga soliş va iqtisodiy, moliyaviy, pul-kredit, investitsiya, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, ta'lim, ilm-fan, soğliqni saqlaş, ekologiya va boşqa sohalarda hamda tahlil qiliş asosida taşqi iqtisodiy va taşqi siyosiy faoliyatda çuqur va tarkibiy qayta özgartirişlar amalga oşirişni va yaqin, örta va uzoq muddatli istiqbolda ularni strategik rivojlantiriş modellari işlab çiqilişi uçun uning mas'uliyatini oşiriş;
Vazirlar Mahkamasi a'zolarining vakolatlari va javobgarligini belgilaş;
Hukumatning Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Özbekiston Respublikasi prezidenti, Özbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi, sudlar, huquqni muhofaza qiliş va harbiylaştirilgan tuzilmalar, nodavlat notijorat taşkilotlar va siyosiy partiyalar bilan özaro hamkorligi masalalari;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini ötkaziş, ularning yakunlari böyiça qarorlar qabul qiliş reglamenti, şuningdek ularni ötkaziş davomida körib çiqiladigan aniq masalalar röyxatini belgilaş;
Hukumat a'zolarini va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini moddiy va ijtimoiy ta'minlaş masalalari.
Qonun loyihasini işlab çiqiş böyiça mas'ul ijroçi - Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiş muddati - 2019 yil 10 aprel, Qonunçilik palatasiga kiritişning taxminiy muddati - 2019 yil 25 aprel.












