Makedoniya Respublikasi rasman nomini Şimoliy Makedoniya Respublikasiga özgartirdi. Uşbu özgariş Gretsiya bilan 2018 yil 17 iyundagi kelişuv natijasi böldi.

Makedoniyaning NATOga qöşilişi jarayoni Gretsiya sababli 18 yilga çözilib ketgandi. Greklar Gretsiyaning viloyatlaridan biri Makedoniya deb atalgani sabab sobiq yugoslav respublikasining nomlanişi özgartirilişini talab qilib kelişgan. Kelişuv tuzilgandan söng, Makedoniya 1991 yilda Yugoslaviyadan mustaqil bölgandan keyin boşlangan köp yillik bahsga çek qöyildi.

Makedoniya nomining özgartirilişi haqidagi Prespan kelişuvi kuçga kirganini Gretsiya taşqi işlar vaziri örinbosari Yorgos Katrungalos va Makedoniya taşqi işlar vaziri Nikola Dimitrov tvitterda ma'lum qilgan. 

Bundan avval, 12 yanvarda Makedoniyada davlat binolari fasadlaridan mamlakatning endilikda avvalgi nomi yozilgan tabliçkalar yeçib olingan, hukumatning rasmiy sayti qayta nomlangan. Şuningdek, Makedoniyaning NATOga kirişi ramzi sifatida mamlakat parlamentiga kirişda alyansning bayroği örnatilgan.