Makedoniya 2020 yil bahoriga kelib NATOga tölaqonli a'zo bölişi mumkin. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, bu haqda 13 fevral, çorşanba kuni öz nomini oşkor etişni istamagan, harbiy alyansning amaldori ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, NATO uşbu jarayonni iloji boriça tezlaştirişga harakat qiladi.

«Biz Makedoniyaning a'zo bölişi töğrisidagi bayonnoma NATO barça davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinişi jarayoni 12 oyni talab qilişini kutmoqdamiz, ya'ni mamlakat kelgusi bahorda alyansga a'zo bölişi mumkin», - dedi manba.

Makedoniya bu paytga kelib, taklif etilgan a'zo sifatida harbiy alyans işida iştirok etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Makedoniya parlamentiga kirişda NATO bayroği örnatilgandi.