Nigeriyaning Rivers ştatida mamlakat prezidenti Muhammadu Buxoriyning saylovoldi nutqidan keyin yuz bergan tiqilinçda kamida 14 kişi halok böldi. Bu haqda Vanguard naşri xabar berdi. 

Naşr ma'lumotlariga köra, prezidentning saylovoldi mitingi Port-Xarkort şahridagi stadionda ötgan. Tiqilinç Buxoriy stadionni tark etgandan keyin boşlangan. Qurbonlarning köpçiligi odamlar yopiq darvozalar orqali kuç bilan ötib ketmoqçi bölganda oyoqlar ostida toptalib taşlangan.

“Men 14 qurbonni tasdiqlaşim mumkin. Raqamlar özgarişi mumkin. Qolgan jarohatlanganlar ortidan şifokorlar kuzatuv olib bormoqda”, deb aytgan Port-Xarkortdagi şifoxona vakili.

Nigeriyada milliy assambleya va prezident saylovlari 16 fevralda bölib ötadi.