12 fevral kuni Toşkentdagi «Compass» SKM da «UMS dan milliard!» aksiyasi ğoliblarini aniqlaş rasmiy marosimi bölib ötdi.

Köngiloçar şou tarzida ötkazilgan tadbir savdo kompleksining yuzlab mehmonlari e'tiborini tortdi. Ular öyin jarayonining bevosita iştirokçisiga aylanişdi, şuningdek, «Kök choy» musiqiy guruhining çiqişlaridan bahramand bölişdi. Aynan taşrif buyurganlar 10 million sömdan 300 million sömgaça bölgan 23 ta pul sovrinini qölga kiritgan baxtli insonlarni aniqlab berişdi.
UMS ğoliblarni bunday tarzda aniqlaş uslubini qöllagani bejizdanmas. Mobil operator faoliyatining ilk kunlaridanoq pul va boşqa sovrinlarga ega turli xil aksiyalarni ötkazib keliş orqali katta tajriba töplagan. «UMS dan milliard!» aksiyasi nafaqat sovrin jamğarmasi, balki iştirokçilar soni jihatdan ham özgaça böldi. Ğoliblarni aniqlaş marosimi poytaxtdagi savdo-köngiloçar komplekslaridan birida ötkazilişi öyin oçiq va şaffof ötişiga xizmat qildi. Bundan taşqari, marosim jarayonini Instagram ijtimoiy tarmoğidagi minglab foydalanuvçilar onlayn tarzda körişdi.

«UMS dan milliard!» aksiyasi şartlari ham juda oddiy böldi. Unda nafaqat amaldagi, balki yangi abonentlar ham iştirok eta olişdi. Hususan, yangi abonentlar aksiya ötişi jarayonida oyiga kamida 33 ming söm abonent töloviga ega tarif rejalaridan biriga ulanişlari kerak edi. Şunda ular avtomatik tarzda bitta imkoniyatni qölga kiritişlari mumkin edi. Imkoniyatlarni köpaytiriş uçun 40 000 sömga «2019 MB» yoki «2019 daqiqa» maxsus töplamlarini faollaştiriş kerak edi. Har bir yoqilgan töplam imkoniyatlarni bittaga köpaytirar edi. Kompaniyaning amaldagi abonentlari ham uşbu töplamlarni xarid qilgan holda sovrinlarni yutib oliş uçun imkoniyatlar töplay olişdi.
Aksiya yakunlari böyiça har bir imkoniyatga noyob ID-kodlar belgilandi, va aynan uşbu kodlar orqali ğoliblar aniqlandi. Şunday ekan, kamida ikkita imkoniyatga ega abonent bir vaqtning özida bir neça sovrinni qölga kiritişi ham mumkin edi.












