Suhbatdoshni tinglash u talaffuz etayotgan so‘zlarga quloq solishning o‘zigina emas. Aks holda, suhbat mohiyatini qo‘ldan boy berasiz. Yetakchi uchun atrofdagilarni tinglay bilish ayniqsa muhim – ana shunda u e'tiborli va tushunadigan odam sifatida taassurot uyg‘ota oladi.

Biroq yaxshi tinglovchi bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi va buning olti sababi mavjud.

Foto: Unsplash

Siz o‘zingiz gapirishni istaysiz

Ko‘pchilik yoqimli taassurot uyg‘otishni xohlaydi va bunga erishish usullaridan biri – o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashish. Biron nimani hikoya qilish istagi suhbatdoshni tinglashda xalaqit qilishi mumkin. Chunki suhbatdoshingiz gapirayotgan vaqtda unga qanday javob qaytarish haqida o‘ylaysiz.

Haqiqatan ham tinglayotgan bo‘lsangiz, savollarga javobni oldindan emas, darhol o‘ylab topishingiz mumkin.

Suhbatdoshingizga baho berasiz

Nima bo‘lganda ham biz atrofdagilarning harakat hamda so‘zlarini muhokama qilamiz. Suhbatdoshimizning so‘zlaridan norozi bo‘lganimizda uni tinglamay qo‘yamiz. «Ahmoq odamga nima uchun quloq solishim kerak?» deya o‘ylaysiz o‘zingiz bilmagan holda.

Bu noto‘g‘ri yondashuv. Yaxshisi suhbatdoshning o‘y va harakatlarini yaxshilab o‘ylab, keyin baholagan ma'qul. Dastlab kishiga quloq soling, keyin u haqida xulosaga keling. Axir biror nimani ko‘zdan qochirgan bo‘lishingiz mumkin-ku.

Fikrlaringiz sizga xalaqit qiladi

Masalan, suhbatdoshingizning o‘zi gapirayotgan mavzusi borasida tajribasi yo‘qligini bilsangiz, unga quloq solgingiz kelmaydi. Bu kabi noto‘g‘ri fikrlardan xalos bo‘ling va suhbat berishi mumkin bo‘lgan ijobiy natijalarga diqqatingizni qarating.

Foto: Unsplash

Bariga ego sababchi

Ulkan ego – ko‘plab yetakchilarning muammosi. U sizga xuddi «Men aqlli bo‘lsam, bu odamni tinglashim kerakmikin?» deyayotganga o‘xshaydi. U sizga aql va ijtimoiy mavqei jihatidan sizdan past bo‘lgan kishilarni tinglashga xalaqit qiladi.