Har birimizda biror marta bölsa-da şunday suhbatlar böladiki, hamma gapni aytişga aytib qöyib, harakatlarimiz atrofdagilarda qanday taassurot uyğotganini öylab açinamiz. Bu bizni salbiy hislar domiga tortadi. Undan esa çiqiş oson emas.

Harvard Business Review ana şunday omadsiz suhbatlardan keyin munosabatlarni tiklaş böyiça bir neça usullar bilan örtoqlaşdi.
Aybingizni tan oling va vaqt bering. Agar suhbatdoşingiz bilan örtangizdagi bahs siz istagan narsa bilan tugamaganini tuşungan bölsangiz, suhbatdoşingizni yolğiz uçraşuvga taklif eting. Öz harakatlaringiz uçun mas'uliyatni zimmangizga olib, notöğri iş tutganingizni ayting. Qattiq tanqid qildingizmi, messenjerda xabarlarga kömib taşladingizmi – buning ahamiyati yöq. Kelajakda ana şunday holatlarning oldini oliş uçun sodir bölganlarni batafsil muhokama qilişni istayotganingizni ayting.
Yodingizda bölsin, hamkasbingiz aytganlaringizni yaxşilab öylab olişi uçun vaqt söraşi mumkin. U bölib ötganlarni ayni vaqtda yoki keyinroq muhokama etişga tayyorligini tuşunişga harakat qiling. Agar ortga surmay, darhol xatolaringizni tan olsangiz, hamkasbingiz kamçilik va kuçsizliklaringiz ustida iş olib borişga bölgan intilişingizni tuşunadi.
Keçirim sörang va minnatdorçilik bildiring. Köpçilik yöl qöyilgan xatodan keyin oddiygina keçirim söraşning özi yetarli deb hisoblaydi. Biroq «Keçir» sözining özi munosabatlarni tiklaş uçun yetarli emas. Hamkasbingizning umumiy işga qöşayotgan ijobiy hissasini tan olsangiz, özining qimmatli xodim ekanini his etadi. Keçirim söraganingizdan keyin hamkasbingizning suhbat vaqtidagi ezgu istaklari va harakatlari, masalan sizni diqqat bilan tinglagani uçun unga minnatdorçilik bildiring.
Umumiy maqsadni aytib öting va işontirişga harakat qiling. Muvaffaqiyatsiz suhbat mavzusida öralaşib qolmang. Buning örniga diqqatingizni eng muhim narsa – umumiy maqsadlarga qarating. Masalan, hamkasbingiz bilan hamkorlik qilişga befarq emasligingizni bildiring. Çunki barça mijozlaringiz uçun sizdagi bilim va könikmalar juda muhim. Hamkasbingizdan u munosabatlardan qanday xulosa çiqarişni istayotganini sörang va birgalikda olğa harakat qilişda yordam beradigan umumiy maqsadni aniqlaşga harakat qiling.











