AQŞning Tennessi ştatida yaşovçi Krista Devis rivojlanişida halokatli nuqsoni bölgan bolasini boşqa bolalarga yordam beriş maqsadida tuğişga qaror qildi. Bu haqda KRDO naşri xabar berdi.
Ayol homiladorligining 18-haftasida bölğusi bolasida anensefaliya – homila rivojlanişidagi nuqson borligi aniqlangan. Bu nuqsonda miya katta yarimşarlari va boş suyagi yuqori qismi bölmasligi mumkin. Odatda, bunday nuqsonli bolalar tuğilganidan keyin 30 daqiqadan köp yaşamaydilar.
Ona homiladorlikni töxtatmay, bolasini tuğişga va uning organlarini muhtoj bolalarga berişga qaror qilgan.
Ayol 2,72 kglik qiz farzand körgan. Çaqaloq bir haftadan keyin nobud bölgan. Uning yurak klapanlari kasal bolalarga ötkazilgan, öpkasi esa anensefaliyaning oldini oliş usullarini izlaş bilan şuğullanuvçi tadqiqotçilarga berilgan.












