Avstraliyaning Kvinslend ştatida yaşovçi ayol koma holatida böla turib soğlom qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda The Sun naşri xabar berdi.
25 yoşli Keytlin Stabbsda arteriovenoz malformatsiya kasalligi aniqlanib, u nur bilan davolanişga jönatilgan. Köp ötmay ayol böyida bölib qolib, homilaga zarar yetkazmaslik uçun davolanişdan voz keçgan. 23 iyulda ayol homiladorlikning 8-oyida bölganda unda boş miya tomiri anevrizmi yuz bergan va u komaga tuşib qolgan. 24 iyulga ötar keçasi ayolga kesarça kesiş qilingan.

Ayol hamon komada qolmoqda va jiddiy davolanişga ehtiyojmand. Hozir uning davolanişi uçun pul töplanmoqda. 2 sentyabrda qizçaga Kuin ismi berildi va şifoxonadan çiqarildi. Şifokorlar ayolning salomatligi böyiça prognozlar berişdan boş tortişgan.
Avvalroq iyunda komada bölgan malayziyalik ayol farzand dunyoga keltirgani ma'lum qilingan. Ayolda boş miya ösimtasi taşxisi qöyilgan va u operatsiya qilingan. Ona huşsiz yotganiga qaramay, homila rivojlanişda davom etgan. Ayolga homiladorlikning 33-haftasida kesarça kesiş qilingan.











