Samarqand şahrida köp yillardan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib kelgan, 1990-yillarda «Umarbank» xususiy tijorat bankiga asos solgan, keyingi yillarda «Umar» quriliş kompaniyasiga rahbarlik qilgan yirik tadbirkor Umar Rajabov qamoqqa olindi.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, Umar Rajabov bilan birga uning öğli Ruslanbek Rajabov hamda kompaniya tarkibidagi ikkita quriliş firmasining rahbarlari Şavkat Obloqulov va Fayzullo Fayziyev Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olinib, ularga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan. 

Uşbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi hozirça rasmiy ma'lumot bermadi. Şuningdek, viloyat IIBda ham bu haqda rasmiy ma'lumot yöq.

Manbaning ma'lum qilişiça, «Umar» kompaniyasi tomonidan qurilgan uylar Samarqandning tarixiy qismida, YuNeSKO muhofazasidagi hududda joylaşgani tufayli buzilişi boşlangaç, bu uylarga oldindan buyurtma berganlar pullarini qaytarişni talab qila boşlagan. Umar Rajabov va uning xodimlari ana şunday şikoyat xatlari asosida qölga olingan hamda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ma'lumot uçun, «Umar» kompaniyasi 2016 yilda Samarqandning Mironşoh köçasida köp qavatli uy qurilişini boşlagandi. 2018 yilning iyunida YuNeSKO bu qurilişga e'tiroz bildirgan, öz navbatida Samarqand şahri hokimligi ham uy buzilişi töğrisida qaror çiqargandi.

Mironşoh köçasida qurilgan uy
Foto: Murat Sarsenov / Facebook

Hokimlik ma'lumotiga köra, tadbirkorga Samarqand şahrining avvalgi hokimi Vohid Sanaquloviç Rahimov tomonidan imzo çekilgan (u 2017 yilning avgustida işdan olingan) qaror bilan Mironşoh köçasida 2 qavatli savdo markazi qurişga ruxsat berilgan. Ammo tadbirkor bu hududda 7 qavatli uy qurişni boşlagan. 2018 yilning iyunida Samarqand şahrining hozirgi hokimi Furqat Rahimov qaroriga asosan binoni buziş işlari boşlangaç, binodagi uylar uçun avvaldan buyurtma qilib, haq tölab qöygan mijozlar pullarni qaytarişni talab qila boşlaşgan.