Közimiz tuşgan har bir qora narsa yomon, har bir oq narsa qora bölavermaydi. Kömirni uşlaş bilan qöl qora böladi. Ammo u bilan butun boşli uyni isitiş, uning yordamida taom pişiriş mumkin. Tişning oqi çiroyli tabassumga ham, zaharxanda kulişga ham xizmat qilişi mumkin. Bularning örtasidagi ariqni ajratiş kişining farosatiga boğliq. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Audio versiyasini tinglaş

Fojia şuki, bizlar Yaratuvçi qolib, bandalarga boğlandik. Bu istehzoli jilmayişlar aslida bizni tubsiz çohga eltayotganini anglamadik. Tabassumi ham, nafrati ham haqiqiy bölgan Zotni unutdik. Bilingki, U Zot kimga tabassum qilar ekan, endi u kişidan heç kim nafratlanmaydi. Zero, buyuk Xojaga qaraşli zotlarga heç kim jahl toşini ota olmaydi. Bil'aks, Olloh kimdan nafratlansa, endi uning eng yaqini ham unga tabassum qila olmas. Boşqaça aytganda, Olloh kulsa, olam kuladi. Olloh ğazab qilsa, butun olam zulmatga çömadi. Insonning nafrati ortida jahl, adovat tursa, tabassumi ortida ta'ma, manfaat turadi. Yaratganning tabassumi ortida tuganmas baxt tursa, ğazabi ortida mehr, jonkuyarlik yotadi. Yaratgan bilan yaralmişning orasidagi farq şudir.

Zahiriddin Mansur

Yangi loyiha: Toşni teşgan tomçilar