“Qölga örgatilgan, 2 oylik tulki sotiladi. Tovuq boşlari, oyoqlari va boşqa a'zolarini yeydi. Göştli bulonda kaşa ham qilib beriş mumkin. Sotaman yoki jangovar kuçukka almaşaman”, degan e'lon egasi.

E'longa qiziqib, körsatilgan raqam bilan boğlandik. Göşakni kötargan bolakay 12 yoşda ekan (etika nuqtayi nazaridan ismi va manzilini sir saqladik):

– Tulkiçani menga akam sovğa qilgan. Özi hayvonlarga juda qiziqadi, akamga qölga örgatişga yordam qilganim uçun tulkiçani berdi. Men ham quşlarga, yovvoyi hayvonlarga juda qiziqaman. Tulkini sotib olsangiz, özim zarur narsalari bilan beraman, qanday boqişni örgataman. Tişlamaydi, bemalol uyda boqsa böladi. Keling, sotib oling, – dedi u biz bilan suhbatda.

Eslatib ötamiz, 27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahri yöllarida şer bolasi topib olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmati xabariga köra, tarqalgan videolarda aks etgan şer bolasi topib olinmagan, balki uşlab qolingan.

“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda viloyat IIB hamkorligida ötkazilayotgan reyd davomida Qaşqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomaşina tekşirilganda, unda şer bolasi olib ketilayotgani aniqlangan. Mutaxassislarning şer bolasi qayerdan, nima uçun olib ketilayotgani haqidagi savollariga haydovçi aniq javob bera olmasdan, hujjatlarni taqdim qilmagan. Sal ötmay esa “hujjatlarni olib kelaman”, deb şer bolasini taşlab qoçib ketgan”, deyiladi ma'lumotda.

“Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun 4-moddasida hayvonot dunyosiga nisbatan mulkçilik nazarda tutilgan. Unda:

“Hayvonot dunyosi umummilliy boylik bölib, undan oqilona foydalaniş lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Tabiiy erkinlik holatida yaşayotgan, şuningdek tabiiy yaşaş muhitiga çiqarib yuborilgan yovvoyi hayvonlar davlat mulkidir. Yarim erkin şaroitda, sun'iy yaratilgan yaşaş muhitida yoki tutqunlikda saqlanayotgan va (yoki) yetiştirilgan yovvoyi hayvonlar yuridik yoki jismoniy şaxsning mulki bölişi mumkin”,