Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi inspektorlari tulki bolalari haqidagi e'lon Asaka şahri «Gulşan» mahallasi, Adirobod köçasida istiqomat qiluvçi A.S. tomonidan joylaştirilganini aniqlab, uning yaşaş xonadoniga borişdi. A.S. tulki bolalarini aprel oyida Asaka tumanidagi adirlik hududidan uşlab olganini ma'lum qilgan.
E'londagi fotolavhada ikkita tulki bolasi körsatilgan bölib, ekologlar borguniça ulardan biri qoçib ketgani ma'lum böldi.

«A.S bitta tulki bolasi qoçib ketgani, qaçon va qay holatda qoçganini bilmasligini aytdi. Unga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 92-moddasi bilan ma'muriy iş qözğatilib, belgilangan tartibda çora körildi.

Bir dona tulki bolasi davlat muhofazasiga olinib, yoş bölgani, tabiiy erkinlikda yaşaş könikmasiga va özi ozuqa topib yeyiş darajasida emasligi sabab, Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida joylaşgan «Hayvonot boği»ga vaqtinçalik topşirildi», deyiladi Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan Kun.uz saytiga berilgan ma'lumotda.
Ekologlar hayvonot boği ma'muriyati bilan tulki bolasini voyaga yetgaç oçiq tabiatga qöyib yuboriş böyiça kelişib olişgan.

















