Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasi prorektori Botu Alimov zamonaviy özbek rahbariga könikma, xususan moslaşuvçanlik, yetakçilik fazilatlari yetişmasligini aytdi..
«Biz Akademiyada tinglovçilarga bilim berişga emas, balki ularning könikmasini oşirişga harakat qilamiz. Sababi bizning kontingentimiz rahbar kadrlar hisoblanadi va ular bu dargohga özining bilimi, amaliy tajribasi bilan keladi, ularga qöşimça bilim beriş samarasiz hisoblanadi. Şu bois biz könikma berişga ötdik. Akademiyada ta'lim jarayonida 20 dan ortiq interfaol usuldan foydalanamiz. Muassasamizga kelgan rahbarlar bilim emas, könikma olib ketadi. Biz rahbar kadrlarga özgarişlarga moslaşuvçanlik, liderlik sirlari, boşqaruv professionalizmi, tizimli fikrlaşni örgatamiz», deya prorektor Botu Alimovning sözlarini keltirmoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati.
Davlat boşqaruv akademiyasi boşqaruvda kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, şuningdek, davlat va jamiyat boşqaruvi sohasi böyiça fundamental hamda amaliy-ilmiy tadqiqotlar olib boruvçi muassasa hisoblanadi.










