Kunning muhim voqealaridan biri Markaziy Osiyoda iqlim moliyalaştirişini muvofiqlaştiriş böyiça «5+5» muloqotini taşkil etiş taklifi böldi. Özbekiston tomoni ilgari surgan taşabbus mintaqa davlatlarining beştasi va beşta xalqaro iqlim fondini birlaştirişni nazarda tutadi. Mazkur platforma orqali investitsiya ustuvorliklarini muvofiqlaştiriş, loyihalarni birgalikda işlab çiqiş va xalqaro mablağlardan samarali foydalaniş közda tutilgan. Özbekiston 2027-yilda birinçi uçraşuvni Toşkentda ötkazişga tayyorligini bildirdi.

Bundan taşqari, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari tomonidan iqlim migratsiyasi böyiça «Ipak yöli» mintaqaviy deklaratsiyasi ham imzolandi. Hujjat iqlim özgarişi oqibatida aholining köçişi, tirikçilik manbalarining yöqolişi va mahalliy hududlarga tuşadigan ijtimoiy-iqtisodiy bosimni kamaytiriş böyiça hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan. Unda migratsiya jarayonlarini xavfsiz va inson qadr-qimmatiga hurmat asosida taşkil etiş masalalari ham nazarda tutilgan.

Özbekiston milliy pavilonida sanoatni dekarbonizatsiya qiliş va past uglerodli iqtisodiyotga ötiş masalalari ham muhokama qilindi. Tadbir doirasida mamlakat sement sanoatini dekarbonizatsiya qiliş böyiça yöl xaritasi taqdim etildi. Unda işlab çiqarişda energiya samaradorligini oşiriş, resurslardan oqilona foydalaniş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va investitsiyalarni jalb qiliş ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Maʼlumotlarga köra, 2025-yil yakunlarida sanoatning Özbekiston yalpi içki mahsulotidagi uluşi 26,8 foizni taşkil etgan.

Konferensiyada demografik ösiş va iqlim özgarişi örtasidagi boğliqlikka ham alohida eʼtibor qaratildi. Özbekiston va BMTning Aholişunoslik jamğarmasi (UNFPA) hamkorligida tayyorlangan tadqiqotda mamlakat aholisi soni 2050-yilga borib 52 million kişidan oşişi mumkinligi qayd etilgan. Şu bilan birga, sönggi olti ön yillikda Özbekistonda örtaça yillik harorat qariyb 1,6 darajaga kötarilgan. Muhokamalarda demografik ösiş va iqlim xavflarining suv, oziq-ovqat xavfsizligi, infratuzilma hamda aholi salomatligiga taʼsiri körib çiqildi.

Suv resurslarini asraş va yerlarni tiklaş böyiça ham amaliy yeçimlar namoyiş etildi. BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirda FOLUR-Uzbekistan loyihasi tajribasi taqdim qilindi. Xususan, yomğir suvini töplaş, «Ice Stupa» texnologiyasi yordamida sunʼiy muzliklar yaratiş va degradatsiyaga uçragan yerlarni qayta tiklaş imkoniyatlari muhokama qilindi. Mazkur yondaşuvlar suv tanqisligi kuçayib borayotgan hududlarda tabiiy ekotizimlarni saqlaş va qişloq xöjaligi barqarorligini taʼminlaşga qaratilgan.