«Real» hujumçisi Garet Beyl Primera 23-turidan örin olgan «Atletiko»ga (3:1) qarşi öyindagi qiliği uçun qattiq jazolanişi mumkin.

Futbolçi gol urganidan söng, muxlislarga qarata uyatsiz işora qilgan edi.

AS xabariga köra, bu voqea Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi intizom qömitasida körib çiqiladi va Beyl 1-3 öyinga diskvalifikatsiya qilinişi mumkin.

Eslatib ötamiz, bu ğalabadan söng, «Real» 45 oçko jamğarib, jadvalda 2-öringa çiqib olgan edi.