Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatida qölbola bombaning portlaşi oqibatida 18 politsiyaçi halok böldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, bomba markaziy zaxira politsiya kuçlari xodimlari Pulvama okrugida avtomobilda ketişayotganda portlatilgan. ANI axborot agentligining ma'lum qilişiça, portlaşdan keyin voqea joyida otişma ovozlari eşitilgan.
Yana 13 kişi oğir ahvolda bölib, ular Srinagar şahrida joylaşgan harbiy bazadagi gospitalga yetkazilganlar.
Hujum uçun javobgarlikni “Jayişi Muhammad” guruhi öz zimmasiga olgan.
Uşbu guruh Jammu va Kaşmir ştatida harakat qiluvçi öndan köproq ayirmaçi guruhlardan biri bölib, ştatning Hindistondan mustaqil bölişi va qöşni Pokistonga qöşilişi uçun kuraş olib boradi. Guruh Kaşmirning Pokiston tomonidan nazorat qilinuvçi qismida joylaşgani va u yerdan hind ştatiga hujumlar uyuştirib turişi aytiladi.
Kaşmirda Hindiston va Pokiston örtasida rasmiy çegara yöq, ikki davlatni nazorat çiziği ajratib turadi. Nyu-Dehli Pokiston hukumatini qurollangan ayirmaçilarni qöllab-quvvatlaşda ayblaydi, Islomobod bu ayblovlarni rad etib, Kaşmir aholisi öz huquqlari uçun mustaqil kuraş olib borişini aytib keladi.










