Özbekiston uçun yevrobondning xatar va afzalliklari nimada?
|02:30 / 15.02.201926 64212 min
13 fevral kuni Özbekiston moliyaviy tarixida yorqin sanalardan biriga aylandi. Negaki Özbekiston mustaqil tarixida birinçi marta 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylaştirdi.
Moliya vazirligi xabar berişiça, qarz obligatsiyalarini yopiş muddati tegişinça 2024 va 2029 yillarning fevral oyi etib belgilandi. Ammo öşa yevrobondlar nima va u Özbekistonga nega kerak edi? Masalani yaxşi anglaş uçun, dastlab, iqtisodiyotga yotqizilayotgan invesititsiyalarga nazar taşlaymiz.
Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasiga köra, 2017 yilda 60,7 trln. söm yoki 7 mlrd. AQŞ dollari hajmda asosiy kapitalga investitsiyalar kiritilgan bölib, jami investitsiyalarning 16,3 trln. söm yoki 2 mlrd. AQŞ dollariga teng qismi (27 foiz) xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oşirildi.
Yotqizilgan investitsiyaning 15 trln. söm (25 foiz) qismi markazlaşgan moliyalaştiriş manbalari hisobidan bölib, şundan qariyb 35 foizi Tiklaniş va Taraqqiyot jamğarmasi hamda 26 foizi davlat kafolati asosida xorijiy investitsiyalar va kreditlaridir.
Xorijiy investitsiya va kreditlar asosan toğ-kon sanoatiga (57 foiz), işlab çiqarişga (13 foiz) hamda axborot va aloqa sohasiga (10 foiz) yönaltirildi. E'tiborlisi şundaki, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar strategik hamkorlar tarafidan asosan tabiiy resurslarni qazib oliş va qayta işlaş sanoatiga kiritilgan.
Xorijiy kreditlarning asosiy qismi xalqaro moliyaviy taşkilotlar va boşqa rasmiy taşkilotlar zimmasiga töğri kelmoqda. Xususan:
Osiyo Taraqqiyot Banki: 1995 yildan hozirga qadar tuzilgan 67 ta kredit bitimlari asosida 6,8 mlrd. AQŞ dollari;
Jahon Banki: 16 ta loyiha böyiça 2,74 mlrd. AQŞ dollari;
Yevropa Tiklaniş va Taraqqiyot Banki: 60 ta loyiha böyiça 853 mln. yevro;
Dunyoning yetakçi ekspert kredit agentliklari tarafidan kafolatlangan kreditlar.
Mavzuga oid
Özbekiston iqtisodiyotining salohiyati xorijiy investitsiya va kreditlar miqdorining 2 mlrd. AQŞ dollaridan ança yuqori bölişini talab qiladi. Özbekiston uçun keyingi qadam – dunyoning ilğor mamlakatlari xususiy sektorlaridan köproq investitsiyalar jalb qilişdan iborat.
Xususiy sektor deb kimni tuşuniş lozim?
Töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar uçun, asosan örta va yirik kompaniyalar;
Xorijiy kreditlar bilan xalqaro miqyosda işlaydigan tijorat banklari, investitsion banklar;
Qimmatli qoğozlar sotib oluvçi xorijiy investorlar.
Rivojlanayotgan mamlakatlar (Emerging Markets yoki EM) 2010-2018 yillarda umumiy hajmda 4,2 trln. AQŞ dollariga teng xorijiy obligatsiyalar çiqarib, özlari uçun mablağ jalb qilgan. Şundan suveren emitentlar 1,1 trln. AQŞ dollari, korporativ emitentlar 1,8 trln. AQŞ dollari va bank-moliya institutlari 1,3 trln. AQŞ dollariga teng mablağni jalb qildi. Qariyb 56 foiz obligatsiyalar 5-30 yillik muddatga ega, 2018 yilning dastlabki 5 oyida, bu körsatkiç 363 mlrd. AQŞ dollarni taşkil qilgandi.
Mustaqil davlatlar hamdöstligi (MDH + Ukraina va Gruziya) emitentlari ham jahon moliya bozorida faol iştirok etib, 2010 yildan buyon jami 301 mlrd. AQŞ dollariga teng yevrobondlar çiqargan. Yevrobondlar ikkilamçi bozorda kotirovka qilinadi. Bozor narxi emitentlar uçun yangi obligatsiyalar kupon stavkasini belgilaydi. 10 yillik muddat bilan çiqarilgan AQŞ obligatsiyasining foiz stavkasi bu jahon bozoridagi bençmark hisoblanadi. Şundan kelib çiqsak, 2010 yildan beri EM obligatsiyalarining örtaça foiz stavkasi 4.366 foizdan 7.173 foizgaça özgarib turgan.
Garçi yaqin kelajakda AQŞ bençmark stavkalarining ösişi kutilsa-da, 10 yillik EM obligatsiyalari uçun örtaça foiz stavkasi 7 foiz atrofida qolişi başorat qilinadi.
Yevrobondning Özbekiston uçun afzalliklari
1. Özbekistonni jahon moliya bozoriga tanitadi va xorijiy investorlarni jalb qilişga yordam beradi
Hozirgi kunda hukumat tarafidan çet el investorlarini Özbekistonga jalb etiş uçun katta harakatlar olib borilmoqda. Ammo bölajak investorlar uçun Özbekiston haqida oçiq manbalarda ma'lumot yetarli emas. Yevrobond çiqarilganda Özbekiston haqida emissiya prospekti investorlarga taqdim qilinadi va bu hujjat Özbekiston haqida keng kölamda, çuqur tahlil etilgan iqtisodiy-moliyaviy körsatkiçlarni öz içiga oladi. Bundan taşqari, yevrobond uçun muhim bölgan suveren reyting orqali Özbekistonning kredit qobiliyati töğrisida dunyo tan olgan reyting agentliklari tomonidan berilgan mustaqil bahoga ega bölişadi.
Şu örinda marketing ham muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoning moliya markazlari (London, Nyu York, Boston, Los Anjyeles, San Fransisko, Hong Kong, Singapur) böylab investorlar bilan yuqori darajadagi uçraşuvlar yoki «roudşou» ham yuzlab investorlarga Özbekiston haqida töğridan-töğri ma'lumotlar beriş imkoniyatini beradi.
2. Yirik va uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalaştiriş manbai
Yevrobond katta hajmda va çet el valutasida mablağlarni örta va uzoq muddat bilan (30 yilgaça) jalb qilişga xizmat qiladi. Masalan, Özbekiston kabi suveren emitentlar uçun har bir yevrobond hajmi AQŞ dollari hisobida 500 million va undan yuqori bölişi mumkin. Bu mablağlarni Özbekistonda istalgan sohadagi kerakli loyihalarga yönaltiriş mumkin.
3. Investorlar doirasini kengaytiriş va investitsiya manbalarini diversifikatsiya qiliş
Şu paytgaça Özbekistonga jalb etilgan kreditlarning asosiy qismi xalqaro moliya institutlari va boşqa rasmiy taşkilotlar zimmasiga töğri kelmoqda. Bunday kreditlar odatda imtiyozli va past foiz stavkalarida beriladi, ammo bularning hajmi, işlatiş yönalişlari va muddati çeklangan bölib, köp hollarda davlatga qöşimça şart va majburiyatlar yuklanadi. Yevrobondni esa bir yoki ikki emas, yuzlab investorlar sotib olişadi va odatda, aksari xususiy sektor hisoblangan investorlar xalqaro moliya institutlari kabi şart va majburiyat qöyişmaydi.
4. Barqaror iqtisodiy siyosat yuritiş barometri
Yevrobond çiqariş orqali Özbekiston hukumati iqtisodiy rivojlaniş, barqaror monetar va fiskal siyosat yuritişga tayyor ekanini jahon investorlariga namoyiş qiladi. Şuni ta'kidlab ötiş joizki, ikkilamçi bozorda yevrobond narxlari tuşib, foiz stavkalari oşib ketmasligi uçun mamlakatda ijobiy rivojlanişni davom ettiriş muhim rol öynaydi. Agarda notöğri iqtisodiy siyosat olib borilsa, mamlakatning iqtisodiy yoki moliyaviy salohiyati pasaysa, bu Özbekiston çiqargan yevrobondlarga talabni kamaytirib, ularning narxlariga salbiy ta'sir etişi mumkin.
5. Özbekistonning korporativ (bank) emitentlariga yordam böladi
Suveren yevrobond Özbekistonning yirik banklari va kompaniyalarining jahon moliya bozoriga çiqişlarini ma'lum darajada osonlaştiradi va ular uçun suveren "bençmark" yaratib beradi. Korporativ yevrobondlar çiqariş jarayoni Özbekiston korxonalaridan öta yuqori standartlarda moliyaviy hisobotni hamda biznes uçun imkoniyat va xatarlarni oçiqlaşni talab etadi. Bu jarayonda mustaqil reyting agentliklari, auditor, yuridik firmalar, investitsion banklar va xalqaro birja vakillari faol iştirok etib, korxona-emitentning kredit holatini çuqur va keng qamrovli tahlil etişadi. Şu bilan birga, davomli hisobot majburiyati va ikkilamçi bozordagi Yevrobond narxi mas'ul şirkat rahbarlarini samarali faoliyatga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, yevrobond Özbekiston korxonalarida korporativ boşqaruvni jahon darajasiga olib çiqişga turtki böladi va turli sohalarga töğridan-töğri investitsiyalar oqimiga ijobiy ta'sir etadi.
Yevrobond atrofida boşqa savollar
1. Şunça qarzni Özbekiston qanday maqsadga işlatadi?
Bu savol mamlakat içida ham, taşqarisida ham köpçilikni qiziqtirayotgan muhim savol hisoblanadi. Jahon tajribasidan kelib çiqsak, odatda davlatlar yevrobonddan tuşgan pulni budjet kamomadini qoplaşga, oltin-valuta zaxiralarini mustahkamlaşga, davlatning taşqi qarzlarini optimallaştirişga yoki davlat investitsiyalarini jadallaştirişga sarf etadi.
Özbekiston misolida esa köproq infrastrukturani yaxşilaşga qaratilgan davlat investitsiyalari uçun işlatiş maqsadga muvofiq, çunki mamlakatda davlat taşqi qarzi mö'tadil miqdorda. Xorijiy investorlar ham yevrobond orqali olingan mablağni asosiy kapitalga investitsiya qilinişini, ya'ni mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oşirişga yönaltirilişini ma'qul köradi.
Özbekistonda yevrobond orqali olingan mablağlar viloyatlarda infratuzilma obektlarini quriş, ya'ni viloyatlarning çekka va çegaraoldi hududlarida avtomobil va temir yöllari quriş, kanalizatsiya, suv va elektroenergiya tarmoqlarini yaxşilaş, örta va kiçik quvvatli muqobil energiya tizimlarini, jumladan quyoş va şamol energiyasini hududlarda rivojlantiriş kabi loyihalarga yönaltirilişi ayni muddao böladi. Şu bilan birga, uşbu mablağlar «Obod qişloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari doirasidagi infratuzilma obektlari loyihalari hamda davlat xususiy şerikçilik asosida yangi iş örinlari yaratişga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalariga ham yönaltirilişi mumkin. 2019 yil uçun qabul qilingan davlat budjetida taqçillik körsatilgani tufayli mablağlar budjet kamomadini yopişga ham sarflanişi töğri böladi.
2. Özbekistonning 27 mlrd AQŞ dollardan ortiq oltin-valuta rezervlari bor. Nima uçun çet el valutasida qarz oliş kerak?
Har bir mamlakatning taraqqiyoti uçun yetarli darajada oltin-valuta zaxiralarini saqlaş muhim ahamiyatga ega. Zaxiralar milliy valutaning, monetar siyosat va tölov balansining barqarorligini ta'minlaydi. Mustaqil reyting agentliklari va investorlar ham oltin-valuta zaxiralarining yetarli darajada bölişiga (bir neça oylik importni yoki taşqi qarzning qança qismini qoplaşiga) juda katta e'tibor qaratadi. Bunday zaxiralari juda yuqori bölgan Saudiya Arabistoni (456 milliard dollar), Rossiya (366 milliard dollar), Polşa (106 milliard dollar) va boşqalar ham jahon moliya bozorida faol ravişda yevrobond çiqarişadi.
3. Xalqaro moliya institutlarining kreditlari arzon, yevrobond esa qimmat. Nima uçun yevrobond çiqaryapmiz?
Xalqaro moliya institutlarining (Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot Banki va boşqalar) imtiyozli va maqsadli kredit foiz stavkalari aksariyat hollarda xususiy sektor hisoblanmiş yevrobond investorlarining foiz stavkalaridan past böladi. Agar Özbekistondagi loyihalar bunday taşkilotlarning arzon kreditlariga munosib bölsa, albatta birinçi örinda bu moliya manbasidan foydalanişda davom etişi kerak.
Yevrobond unga qöşimça sifatida boşqa loyihalar uçun ortiqça siyosiy şartlarsiz çiqariladi. Undan taşqari, xalqaro moliya institutlari har bir davlatga belgilangan miqdordan ortiq mablağ bera olmaydi va uzoq muddatda Özbekistonning rivojlaniş strategiyasi faqatgina bu taşkilotlarga tayanmaslik lozimligini boşqa şiddat bilan rivojlanayotgan mamlakatlar misolida köriş mumkin (masalan Turkiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Polşa, Ruminiya va hokazo).
4. Bozor xatolari nima böladi?
Moliya bozorlari odatda barqaror bölmaydi, çunki uning muvozanatiga talab-taklifdan boşqa köp omillar ham ta'sir etadi (masalan geosiyosat, AQŞ yoki Yevropa Markaziy Bankining monetar siyosati va hokazo). 2018 yilning ikkinçi çoragi şunday özgaruvçanlikka boy bölgandi, bu ayniqsa yevrobondlar emissiyasi uçun salbiy ta'sir etdi. Emitent bozor tinçlangunça kutib turiş tavsiya qilinadi, aks holatda kutilgandan yuqoriroq foiz stavkasi tölaşiga töğri kelişi mumkin. Bu xatar, afsuski, emitentning nazoratida emas. Lekin bozorga çiqiş sanasini qat'iy belgilamay, bozor yaxşilanişini kutiş uçun imkoniyat yaratiş bu xatarning salbiy ta'sirlarini kamaytiradi.
5. Yurisdiksiya va biznes aloqalarga ehtimoliy ta'sir
Odatda, yevrobond şartnoma hujjatlari ingliz qonuniga asosan tuziladi, investorlar va emitent örtasidagi kelişmovçiliklar Angliya sudlarida köriladi. Bundan taşqari, jahon moliya bozorida AQŞ, Yevropa ittifoqi, BMTning sanksiyalari juda qattiq nazorat qilinadi. Masalan, Rossiyaning davlat tasarrufidagi ayrim banklari va kompaniyalari şunday sanksiyalar ostida ekanini inobatga olsak, yevrobond orqali jalb qilingan mablağlar Rossiyaning mazkur şirkatlariga tölanişi mumkin emas.