Özbekiston va Pokistonning xalqaro obligatsiyalari investorlar Afğoniston inqirozi oqibatlariga tayyorgarlik körayotgan paytda bosim ostida qoldi, deb yozadi Spot naşri Financial Times’ga tayangan holda.
Pokistonning dollardagi obligatsiyalari narxi taxminan 1 foizga tuşdi. Özbekistonning 2030 yilda tölanadigan dollarlik obligatsiyalari esa qariyb çorak foizga kamaydi.
«Taşvişga solayotgan bir neçta jihatlar bor. Ulardan biri - qoçqinlar inqirozi», deya aniqlik kiritdi LGIM’ning rivojlanayotgan davlatlar qarz majburiyatlari bölimi rahbari Uday Patnaik.
Uning sözlariga köra, yaqinda fond Özbekiston va Tojikiston tomonidan çiqarilgan obligatsiyalarning özi egalik qiluvçi zaxiralarini qisqartirdi.
FT’ning tuşuntirişiça, bozorda asosiy e'tibor Afğonistonning qöşnilariga qaratilgan, sababi mamlakatning özi xalqaro bozorda qarz majburiyatlariga ega emas, hokimiyatdan çetlatilgan hukumat esa mablağlarining katta qismini Jahon banki va Xalqaro valuta jamğarmasi kabi donorlardan olgan.












