Hukumat 20 noyabr kuni ikkinçi marta yevrobondlarni jahon moliya bozoriga omadli joylaştirdi. Moliya vazirligi tomonidan 10 yillik muddat bilan 555 million AQŞ dollari va 3 yillik 2 trillion sömlik yevrobondlar London fond birjasiga joylaştirildi.

Boşlanğiç stavkalar mos ravişda 4,25 foiz atrofida va 15,25 foiz atrofida edi, cavdo yakunlari böyiça, dollarda jalb etilgan yevrobond uçun 3,7 foiz kupon hamda sömdagi mablağlar uçun 14,5 foiz kupon belgilandi.

Yevrobond nima?

Soddaroq aytganda bu qarz jalb etiş uçun moliya bozorida işlatiladigan instrument hisoblanadi. Birinçi marta Özbekiston hukumati 1 milliard dollarga teng qiymatli suveren yevrobondlarni 2019 yil fevralda muomalaga kiritgandi. Bunda yevrobond mamlakatni dunyoga tanitiş vositasi, investitsion loyihalarni moliyalaş manbasi, barqaror iqtisodiy siyosat yuritiş uçun zamin sifatida körilgan.

Nega yevrobondlar moliya bozoriga yana joylaştirildi?

Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, suveren yevrobond orqali yangi jalb etilayotgan qarz mablağlar 2020 va 2021 yilda kutilayotgan davlat budjeti taqçilligini qoplaş uçun sarflanadi.

«747,5 million dollar atrofidagi mablağ budjet taqçilligini yopiş böyiça hisob-kitoblarimizga töğri keladi», — dedi u.  

Moliyaçi ekspert Abdulla Abduqodirovga köra, Özbekiston hukumatining qarori kutilmaganda yangradi.

Abdulla Abduqodirov

«Negaki, xalqaro moliya bozorida bir neçta mavhumliklar mavjud: COVID-19 pandemiyasining oqibatlari va uning iqtisodiyotga bölgan ta'siri haqida aniqlik mavjud emas. Şuningdek, AQŞda bölgan prezidentlik saylovi natijasi rasman tasdiqlanmagan», — dedi u.