Özbekiston Moliya vazirligi London fond birjasida umumiy qiymati 870 million dollar bölgan ikkita suveren xalqaro obligatsiyalarni (yevrobondlarni) joylaştirişga tayyorlanmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Ma'lum bölişiça, dollar trenş 10 yil muddatga, sömda körsatilgan yevrobondlar esa 3 yoki 5 yil muddatga beriladi.

Şuningdek, Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov Gazeta.uz’ga bergan intervyusida  2021 yilda davlat budjeti töğrisidagi qonunga binoan taşqi qarzlarni jalb qiliş böyiça yangi imzolangan bitimlar hajmi belgilangan 5 milliard dollar, içki qarzni jalb qiliş uçun esa 500 million dollar miqdorida ekanligini ta'kidlab, yevrobondlar çiqarilişi uşbu limit doirasida taqdim etilişi haqida gapirdi.

«Agar talab yaxşi bölsa, biz trenş hajmini sömda oşiramiz va dollar bilan kamaytiramiz. Ammo trenşlarning umumiy miqdori 870 million dollarni taşkil etadi .

3,3 milliard dollar (5 milliarddan) investitsiya loyihalari uçun, 1,7 milliard dollar esa budjet kamomadini qoplaş uçun jalb qilinmoqda. 1,7 milliarddan biz 870 million dollarni yevrobond sifatida jalb qilamiz, qolgan 830 million dollarni esa budjetni qöllab-quvvatlaş uçun xalqaro moliya institutlaridan jalb qilamiz», – dedi vazir örinbosari.

Özbekiston mustaqil tarixida birinçi marta 2019 yil 13 fevralda 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylaştirgan.

Ötgan yilning noyabr oyida esa ikkinçi bor Moliya vazirligi tomonidan 10 yillik muddat bilan 555 million AQŞ dollari va 3 yillik 2 trillion sömlik yevrobondlar London fond birjasiga joylaştirilgandi.