15 fevral kuni Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida «Odamlar va hayvonlar örtasida quturiş kasalligining tarqalişiga yöl qöymaslik, favqulodda vaziyatlarni oldini oliş va ularda harakat qiliş Davlat tizimi hududiy quyi tizimlari kuç-vositalarining hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida körgazmali maxsus-taktik öquv maşqlari ötkazildi.

FVV matbuot xizmati xabariga köra, mazkur tadbirda Soğliqni saqlaş, Içki işlar vazirliklari, Davlat veterinariya qömitasining hududiy xizmatlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining obodonlaştiriş boşqarmalari xodimlari iştirok etdilar. 

Foto: FVV matbuot xizmati

Öquv maşqlari davomida mas'ul xizmatlarning quturiş kasalligi profilaktikasi böyiça aholi örtasida olib borayotgan sanitar-tarğibot işlari hamda favqulodda vaziyat sodir bölganda oqibatlarini bartaraf etişda FVDTning hamkorlikdagi harakatlarini baholaş işlari amalga oşirildi.

Soha mutaxassislari tomonidan aksariyat hollarda mamlakatda fuqarolar tomonidan uy hayvonlari, it va muşuklarni saqlaş qoidalarining buzilişi natijasida odamlar va hayvonlar quturiş kasalligi viruslari bilan zararlanayotganligi ta'kidlanmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

Quturiş kasalligi bilan boğliq holatlar asosan, yoş bolalar va kattalar qarovsiz qolgan hayvonlardan jarohatlanganda öz vaqtida tibbiy muassasalarga va yordamga murojaat qilmasliklari, şuningdek, şahar va tumanlardagi obodonlaştiriş boşqarmalaridagi qarovsiz hayvonlarni tutiş bölimlari tomonidan qarovsiz hayvonlarni uşlaş tadbirlari yetarli darajada taşkil etilmaganligi oqibatida yuzaga kelmoqda.

Hozirgi kunga qadar quturiş kasalligiga dori-darmon va unga qarşi davolaş usullari aniqlanmagan. Uşbu kasallikka qarşi kuraşişning yagona usuli, faqat öz vaqtida töliq yordam olişdir.

Ma'lumot uçun, quturiş – davolab bölmaydigan kasallik bölib, unga qarşi nafaqat mas'ul xizmatlar mutaxassislari, balki, keng jamoatçilik kuraşişi zarur.