2019 yil 8 fevral kuni noma'lum şaxs Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yaşovçi Ğ.J.ga tegişli, fermer xöjaligi hududidagi qöyxonadan 15 boş qöy va 1 boş eçkisini öğirlab ketgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabarida aytilişiça, körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni vaqtinça Qarşi şahar Otçopar mahallasida yaşovçi Ş.B. va Aralovul mahallasida yaşovçi A.Z. sodir etganliklari aniqlanib, uşlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şuningdek, 2019 yil 11 yanvar kuni noma'lum şaxs Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanida yaşovçi B.X.ning, uyi oldidagi qöyxonasidan 12 boş qöylarini öğirlab ketgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Koson tumani Böston qişloğida yaşovçilar X.J., G.B., Yakkasaroy mahallasida yaşovçilar H.X., J.Q. va Z.R. sodir etganliklari aniqlanib, uşlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi IIV xabarida.











