Eron Taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif ma'lum qildiki, Isroil va AQŞning Yaqin Şarqdagi harakatlari uruşga olib kelişi mumkin. Eronlik vazir Myunxenda 17 fevral kuni xavfsizlik masalasiga bağişlab ötkazilgan konferensiya vaqtida şu haqda gapirgan.

«Albatta, ayrimlar uruş istamoqda... Isroil», degan Javod Zarif.

U Isroilni Suriyadagi bombardimonlari uçun xalqaro huquqni buzişda, Yevropani esa bunga e'tiborsizlikda ayblagan.

«Uruş xavfi katta. Agar xalqaro huquq buzilişiga köz yumişda davom etsangiz, bu xavf yiriklaşişda davom etadi», degan vazir.

U şuningdek, Eron 2015 yilgi yadro kelişuvga rioya qilib kelayotganini ta'kidlagan, şu bilan birgalikda, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Germaniya rasmiy Tehron bu kelişuvdan iqtisodiy manfaat körişi uçun yetarli darajada iş olib bormaganini qayd etib ötgan.

21 yanvar kuni Isroil Razvedka va transport vaziri Israel Kats eronliklar Suriyadagi pozitsiyasini mustahkamlaşiga javoban, Isroil Eron bilan oçiqçasiga qarama-qarşilikka kirişişi haqida gapirgandi. «Bizning siyosatimiz özgardi. Bu Eron bilan oçiqça qarama-qarşilik hisoblanadi. Kerak bölsa, buni yanada kuçaytiramiz», degandi u.

Undan avvalroq, Isroilning raketa hujumidan mudofaa tizimi Suriya hududidan yöllangan «yer-yer» toifasidagi raketalarni tutib qolgandi. Bunga javoban Isroil HHK Eronning Suriyadagi «Al-Quds» bölinmalariga va boşqa harbiy obektlariga, keyin esa Suriyaning havo hujumidan mudofaa tizimiga zarba yölladi.

Eron Harbiy havo kuçlari qömondoni Aziz Nosirzoda esa Eron uruşga tayyorligi, eronliklar Isroilni butunlay yakson etişga qodirligi haqida bayonot berdi.