Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda hakam sababli futbol uchrashuvi ko‘rsatilmadi
Eronda Germaniya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Bavariya”-“Augsburg” uchrashuvi davlat telekanali orqali namoyish qilinishi rejalashtirilgandi.
Biroq uchrashuv namoyishi bekor qilingan. Nemis jurnalisti Natali Amirining ma'lum qilishicha, bunga uchrashuvni ayol hakam – 39 yoshli Bibiana Shtaynxaus boshqargani sabab bo‘lgan. Ayol hakamning maydonda shortikda harakatlanishi Eron federal kanali orqali namoyish qilish uchun nomaqbul deb topilgan.
Shtaynxaus 2017 yil sentyabrda “Herta” va “Verder” o‘rtasidagi uchrashuvda hakamlik qilib, Bundesliga tarixidagi ilk ayol hakamga aylangandi.
Mavzuga oid
21:07 / 13.07.2026
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘nalish quradi - OAV
10:10 / 13.07.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida Eronga yangi zarbalar berdi
17:48 / 12.07.2026
Eron atrofidagi vaziyat: AQSh yangi zarbalar yo‘lladi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopildi
09:56 / 11.07.2026