15 fevral kuni Sankt-Peterburgda, Murinodagi «Voronsovskiy bulvar» turar joy hududida olib borilayotgan quriliş işlari vaqtida Özbekiston fuqarosi bölgan mehnat muhojiri 10-qavatdan qulab tuşdi.  

Mahalliy naşrlar xabariga köra, montajçi bölib işlagan yoş yigitni boşi, kökrak qafasi, qorin va tos jarohatlari bilan Toskovodagi şifoxonaga olib borişgan. Unda umurtqa sinişi va boş suyak-miya jarohati qayd etilgan, şifokorlar uning hayotini saqlab qolişgan.

Sankt-Peterburg huquq-tartibot organlari bu mehnat muhojiri Özbekistondan kelgani, 23 yoşdaligi va Peterburgda ham, Lenin oblastida ham vaqtinçalik röyxatdan ötmaganini aniqlaşgan.

Hodisaga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani sabab bölgani taxmin qilinmoqda.