Ispaniya La Ligasida 24-tur uçraşuvlari davom etmoqda. Kunning ilk öyini Madridda keçib, «Real» öz uyida Kataloniyaning «Jirona»siga mağlub böldi.
Uçraşuvda hisob mezbonlar tomonidan oçildi: 25-daqiqada Toni Kroosning pasidan keyin Kazemiro gol muallifi böldi. Ammo ikkinçi bölimda vaziyatlardan unumliroq foydalangan «Jirona» ğalabani öz tomoniga oğdira oldi. Dastlab 65-daqiqada penaltidan Kristian Stuani, ön daqiqa ötib mezbonlarning maydon markazidagi xatosidan keyin boşlangan qarşi hujum yakunida Portu mezbonlar darvozasini işğol etib, jamoasining «Santyago Bernabeu»dan irodali ğalaba bilan qaytişiga zamin yaratişdi.

Öyin oxirida madridliklar sardori Serxio Ramos ikkinçi sariq kartoçkani oldi va maydonni ertaroq tark etdi.
Şu tariqa, «qirollik klubi»ning çempionatdagi ğalabali seriyasi yakunlandi, Solari şogirdlari beş öyindan buyon faqat ğalaba qozonib kelayotgan, xususan, ötgan turda «Atletiko»ni mağlub etib, uzoq tanaffusdan söng 2-öringa kötarilib olgandi. Bugungi mağlubiyatdan söng jamoa yana uçinçi poğonaga qaytdi. Jironaliklar klubi esa 11 uçraşuv davom etgan ğalabasiz seriyasini yakunlab, 17-örindan 15-poğonaga yuqoriladi.
«Real» keyingi turda «Levante» maydoniga safar qiladi, uçraşuv 24 fevralga belgilangan. Bu öyindan bir kun ötib «Jirona» öz uyida «Real Sosedad»ni qabul qiladi.
Ispaniya çempionati
24-tur
Real – Jirona 1:2
Gollar: 1:0 – 25 Kazemiro, 1:1 – 65, penalti Stuani, 1:2 – 75 Portu.
Real – Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola, Ramos, Sebalos (Dias, 74), Kazemiro, Vaskes (Vinisius Junior, 58), Kroos, Asensio (Beyl, 66), Benzema.
Jirona – Bunu, Alkala, Xuanpe, Raul Garsiya, Ramalo, Granel, Porro (Losano, 46), Portu (Fernandes, 84), Pons (Aleiş Garsiya, 46), Duglas Luis, Stuani.
Ogohlantirişlar: Losano (48), Ramos (64), Alkala (86), Kazemiro (88).
Çetlatiş: Ramos (90, 2SK)













