Portugaliyaning «Nasonal» klubi yarimhimoyaçisi Sardor Raşidov mamlakat çempionatining 22-turidan örin olgan «Feyrensi» (4:0) klubiga qarşi öyinning eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
27 yoşli özbekistonlik bahsning 12, 54 va 67-daqiqalarida raqib darvozasini işğol etib het-trikka erişdi.
Qayd qiliş joizki, Sardor gollarni öng va çap oyoği, şuningdek boşi bilan urib, ideal het-trikni qayd qildi.
Öyindan söng Raşidovga eng yaxşi futbolçiga atalgan sovrin topşirildi.

















