Paxta sanoatida majburiy mehnatga qarşi kuraş böyiça xalqaro kampaniya - Cotton Campaign Özbekiston hukumati delegatsiyasi bilan muzokaralar olib borgaç, özbek paxtasining boykotini saqlab qolişga qaror qildi. Bu majburiy mehnat butkul yöq qilinmagunça yuz beradi.
Joriy yilning fevral oyi boşida Cotton Campaign vakillari Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari Tanzila Norboyeva, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev hamda «Öztöqimaçiliksanoat» boşqaruv raisi Ilhom Haydarov bilan uçraşdi.
Cotton Campaign saytida xabar berilişiça, muzokaralar çoğida huquq himoyaçilari Özbekistonda majburiy mehnatni tugatiş uçun qabul qilingan çora-tadbirlarni yuksak baholadilar. Şu bilan birga, mamlakatda majburiy mehnat töliq bartaraf etilmaganligi va bu sohada köp işlar qilinişi lozimligi aytilgan.
Boş vazir örinbosari Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston hukumati delegatsiyasi 4 fevral kuni AQŞga taşrif buyurib, xalqaro taşkilotlar bilan özbek paxtasining boykoti böyiça muzokaralar ötkazdi.
Önlab inson huquqlari taşkilotlarini qamrab olgan Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2010 yilda Özbekiston paxtasini boykot qiliş böyiça kampaniyani boşladi.
Boykotga Nike, Zara, GAP, Levi's, H & M, UNIQLO kabi jahonga maşhur brendlar qöşildi.













