Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh KXDRning tijorat aviatsiyasini tiklash bo‘yicha urinishlarini to‘sib qo‘ydi
AQSh Shimoliy Koreya hukumatiga qo‘shimcha bosim o‘tkazish maqsadida KXDRda tijorat aviatsiyasini qayta tiklash bo‘yicha BMT huzuridagi Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkilotining urinishlarini to‘sib qo‘ydi. Bu haqda Reuters manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.
Manbalardan birining aytishicha, AQSh prezident Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan ikkinchi uchrashuvi arafasida KXDRga qo‘shimcha bosim o‘tkazishni xohlayapti.
Boshqa manbalarning qo‘shimcha qilishicha, Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti Pxenyanga KXDR va Janubiy Koreya havo hududi bo‘ylab o‘tishi kerak bo‘lgan yangi aviayo‘nalishni ochishga yordam bergan. Shuningdek, tashkilot Shimoliy Koreya harbiy va fuqarolik aviatsiyasi xodimlari uchun o‘quv kurslari tashkil etishga tayyor edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp KXDR iqtisodiy raketaga aylanishi mumkin ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026