Özbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar şahrida öquv-maşğulot yiğinini davom ettirmoqda.

Keça, 17 fevral kuni Lyubinko Druloviç şogirdlari «La Finca» stadionida Şveytsariyaning «Delemon» klubiga qarşi nazorat uçraşuvi ötkazdi. Öyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi, deb xabar beradi ÖFA rasmiy sayti.

Özbekiston OTJ 0:2 hisobida ortda bora turib, keyin hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi, gollarga Islom Qobilov va Bobur Abduxoliqovlar mualliflik qilişdi.

«Hisob tenglaşgandan keyin ustunlik biz tomonga ötdi. Köp vaziyatlarda terma jamoamiz a'zolari tomonidan uyuştirilgan xavfli hujumlar raqibni şoşirib qöydi. Şuningdek, hakam tomonidan «Delemon» klubi darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olmaganimizni ham ta'kidlab ötiş zarur», – deyiladi xabarda.

Yiğin doirasidagi navbatdagi öyin 21 fevral kuni Tbilisining «Lokomotiv» klubiga qarşi bölib ötadi.

Foto: ÖFA matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, Özbekiston olimpiya terma jamoasi şu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bölib ötadigan Osiyo çempionati saralaşida qatnaşadi. Saralaş bahslari Toşkentda ötkaziladi va unda mezbonlar Osiyo çempionati yöllanmasini qölga kiritiş uçun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarşi bahs olib borişadi.