Özbekiston olimpiya terma jamoasi Toşkent aeroportida tantanali ravişda kutib olindi. Sportçilarni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, boş vazir Abdulla Aripov, Sport vazirligi rahbariyati, poytaxt hokimi va boşqa mutasaddilar kutib oldi.
Milliy Olimpiya Qömitasi binosida Olimpiadada ğolib va sovrindor bölgan sportçilar uçun 8 ta Tahoe (çempionlarga) hamda 5 ta BYD Song Plus Champion (kumuş va bronza medali sohiblariga) avtomobillari sovğa qilindi.
Şuningdek, çempionlarga prezident sovğasi sifatida uy ham berildi.
Oltin medal sohiblariga:
- 200 ming AQŞ dollari;
- Tahoe avtomobili;
- 2 qavatli kottej.
Kumuş medal sohiblariga:
- 100 ming AQŞ dollari;
- BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
- Kvartira.
Bronza medali sohiblariga:
- 50 ming AQŞ dollari
- BYD Song Plus DM-I Champion avtomobili;
- Kvartira.
Özbekiston sport delegatsiyasi Parijdagi Olimpiada öyinlarni tarixiy natija bilan, 206 mamlakat orasida 13-örinda yakunladi. Özbekiston hisobidagi 13 ta medaldan iborat jamğarma tarkibi – 8 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronzadan iborat böldi.
Oltin medal:
- Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg);
- Uluğbek Raşitov (taekvondo WT, -68 kg);
- Razambek Jamalov (erkin kuraş, -74 kg);
- Hasanboy Dösmatov (boks, -51 kg);
- Abdumalik Xalokov (boks, -57 kg);
- Asadxöja Möydinxöjayev (boks, -71 kg);
- Lazizbek Mullojonov (boks, -80 kg);
- Bahodir Jalolov (boks, +92 kg).
Kumuş medal:
- Akbar Jörayev (oğir atletika, -102 kg);
- Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg).













