Serbiyalik mutaxassis Lyubinko Druloviç Özbekiston olimpiya terma jamoasiga boş murabbiy qilib tayinlandi, deb xabar beradi Milliy Olimpiya Qömitasi (MOQ) sayti.
23 yanvar kuni mutaxassis bilan şartnoma imzolaş marosimi ötkazildi. Unda Özbekiston MOQ prezidenti va Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasining birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, murabbiy Lyubinko Druloviç va uning yordamçilari, ÖFA mutasaddilari iştirok etişdi.
«Özbekiston futboliga xuş kelibsiz. Bizning asosiy maqsadimiz Tokio 2020 Olimpiadasiga yöllanma olişdir. Bu yölda terma jamoamiz uçun barça şaroitlar yaratiladi. Sizga murabbiylar ştabida özbekistonlik mutaxassis Ravşan Haydarov yordam beradi. Çunki, u bu tarkibdagi futbolçilarni yaqindan biladi», – dedi Umid Ahmadjonov.

Öz navbatida serbiyalik murabbiy bildirilgan işonç uçun minnatdorçilik bildirdi va öz oldiga qöyilayotgan vazifani bajariş uçun astoydil mehnat qilişini ta'kidlab ötdi.
«Avvalambor menga bildirilayotgan işonç uçun özim va yordamçilarim nomidan rahmat aytaman. Biz birgalikda harakat qilib, Tokio Olimpiadasiga bora olamiz. Umid qilamanki, hamkorligimiz samarali böladi», – dedi Druloviç.

Şundan söng tomonlar rasman şartnoma imzoladilar. Yangi murabbiy bilan kelişuv Tokio 2020 Olimpiadasiga qadar amal qiladi. Marosim yakunida murabbiy uçun esdalik libosi taqdim etildi.
Ma'lumot örnida, Lyubinko Druloviç 1968 yilda tuğilgan. Murabbiylik faoliyatida Angolaning «Agoştu», Serbiyaning «Partizan» klublarini, Serbiya va BAA ösmirlar terma jamoalarini, Makedoniya terma jamoasini boşqargan. Serbiya U19 bilan Yevropa çempionatida ğalaba qozongan, BAA U19 bilan jahon çempionatiga çiqqan. 2013 yilda Serbiyaning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan.
Özbekiston olimpiya terma jamoasi 2019 yilning 22-26 mart kunlari Toşkentda ötadigan Osiyo çempionati saralaşida iştirok etadi. Qur'aga köra, hamyurtlarimiz Hindiston, Tojikiston va Pokiston olimpiyaçilari bilan F guruhidan örin olgan. Saralaşdan ötgan jamoalar 2020 yil 8-26 yanvar oraliğida Tailandda bölib ötadigan Osiyo çempionatiga yöllanmani qölga kiritadi. Unda 16ta jamoa iştirok etadi, 1-3 örinni qölga kiritganlar Tokio - 2020 olimpiadasida qatnaşiş imkoniga ega böladi.













