Özbekiston olimpiya terma jamoasi 4 fevraldan Toşkentda Lyubinko Druloviç boşçiligidagi ilk yiğinini boşladi.

ÖFA matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, bugun, 5 fevral erta tongda futbolçilar trenajyor zalida maşğulot ötkazişgan. Serbiyalik mutaxassis birinçi navbatda futbolçilarning jismoniy holatini yaxşilaşga e'tibor qaratmoqda.

Foto: ÖFA matbuot xizmati
Foto: ÖFA matbuot xizmati
Foto: ÖFA matbuot xizmati
Foto: ÖFA matbuot xizmati
Foto: ÖFA matbuot xizmati

Toşkentdagi yiğin 14 fevralga qadar davom etadi, şundan söng maşğulotlarda Ispaniyada davom ettiriladi. Ispaniyadagi yiğin davomida bir qator nazorat uçraşuvlari ötkaziş rejalaştirilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Osiyo çempionati saralaşida iştirok etadi. Toşkentda ötadigan «F» guruhi öyinlarida mezbonlardan taşqari Hindiston, Tojikiston va Pokiston olimpiyaçilari ham kuraş olib boradi. Saralaşdan ötgan jamoalar 2020 yil 8-26 yanvar oraliğida Tailandda bölib ötadigan Osiyo çempionatida  qatnaşadi. Unda 16ta jamoa iştirok etadi, 1-3 örinni qölga kiritganlar Tokio - 2020 Olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritadi.