Kelasi haftada nafaqat Ispaniya, balki dunyoning ikki eng maşhur klubi qatorasiga ikki öyinda orani oçiq qiladi. Dastlab, Ispaniya Kubogi masalasi hal qilinsa, keyin, La Ligadagi raqobatga oydinlik kiritiladi. Ammo bu ikki klubning raqobati faqat maydonda, futbol natijalarida emasligini hamma biladi. Quyida klublarning moliyaviy maydondagi raqobati haqida hikoya qilinadi.

Football Money League kompaniyasining an'anaviy yillik hisoboti futbol klublari daromadlarini uç asosiy manba asosida ajratadi: tijorat, translatsiyalar va öyin kunlari. Matchday tuşumlar – ya'ni öyin kunlaridagi daromad bu uçlik içida eng kamtari, odatda umumiy daromadning 9-25 foizini taşkil qiladi. Ammo aynan mana şu yönalişga e'tibor qaratgan klublar şu tomondan oqsaydigan raqiblarini sezilarli ortda qoldirişi mumkinligini ham köramiz. Masalan, daromadli klublar reytingida «Arsenal» qöşnisi – «Tottenhem »ni aynan Matchday tuşumlari yordamida ortda qoldirmoqda. 111,6 yevroga 85,2 yevro. Aynan şuning uçun «Tottenhem» yangi stadionni qurib bitirişga şoşilmoqda.

Yangi arena quriş yoki eskisini modernizatsiya qiliş faqat siğimni köpaytiriş bilan çeklanmaydi, şuningdek, tomoşabinlar uçun premium-zonalar taşkil qiliş, klub magazinlari va boşqa hududlardagi şaroitlarni yaxşilaş ham ahamiyatga egadir. «Liverpul» «Enfild» siğimini qöşimça 8500 öringa oşirib, öyin kungi daromadlarni 4 millionga oşirdi, hududda yangi dökonlar va alohida tomoşa qilib zallarini taşkil qilib esa, bu daromadni 12 millionga köpaytirdi. Boşqa klublar, jumladan, Ispaniya grandlari ham şu yönalişga köproq e'tibor qaratişni boşladi: «Real» va «Barselona» uçun öz stadionlarini rekonstruksiya qiliş alohida raqobat mavzusiga aylandi va bir vaqtda bu nihoyasiga yetişi kutilmoqda.

«Real»: Yangiça vip-lojalar va kibersport

Football Money League’ning yangi reytingida iqtisodiy tomondan eng muvaffaqiyatli jamoalar ruyxatida «Real» 1-öringa qöyildi. 2017/18 yilgi mavsumda Madrid klubi 750,9 yevro miqdoridagi rekord daromad qayd etdi va bundan 356 millioni tijoriy daromadlar, ya'ni homiylik şartnomalari va brend mahsulotlar sotuvidan kelib tuşdi. Translatsiyalardan tuşum böyiça esa, «Real» «Liverpul» bilan birgalikda yetakçi bölgan. Inglizlar klubi köproq milliy çempionatda köproq pul topgan bölsa, Çempionlar Ligasini uçinçi marta qatorasiga yutgan «Real» şu turnirda eng köp pul topdi.

«Real» faqat uçinçi manba bölmiş, yuqorida tilga olingan Matchday tuşumlari böyiça ikkinçi öringa (143,4) tuşib qoldi, ya'ni, öyin kunlari çiptalar va maxsus dasturlar, şuningdek, oziq-ovqatlar hamda içimliklar savdosidan keladigan daromadlar böyiça «Barselona»dan (144,8) salga ortda qolgan. Buning ham sababi ma'lum, «Real» uy öyinlarini ötkazadigan «Santyago Bernabeu» 81 044 tomoşabinga, «Kamp Nou» esa, 99 244 tomoşabinga möljallangan.

2018/19 yilgi mavsum boşida «Real» özining asosiy yulduzi Kriştianu Ronaldudan ayrildi, balki şuning uçun keyingi hisobotlarda «Real»ning daromadlarida pasayiş kuzatiladi, ammo aynan 2019 yilning aprelidan «Real» katta loyihani boşlaydi – «Santyago Bernabeu» rekonstruksiya qilinadi. 

Stadion modernizatsiyasi salkam 3,5 yilga çöziladi va klubga kamida 525 million yevroga tuşadi. Qiziği, stadion siğimi eski holatda qoladi, faqat hudud kengayib, içkariga yangi magazinlar, xususan asosiy homiy Adidas’ning savdo şoxobçalari uçun joy ajratiladi. Bundan taşqari, klub muzeyi kengaytirilib, öyingoh atrofiga kiçik otellar joylaştiriladi. U yerda öyingoh töliğiça körinib turadigan alohida nomerlar ham böladi. Mana şunday öziga xos vip-lojalardan keladigan pullar albatta, qöşimça bir-ikki minglik örindiqlardan keladigan daromaddan birmunça köproq böladi. Şuningdek, fasad ostida kibersport arenasi böladi – ehtimol, «Real» yaqin yillarda öz kibersport jamoasiga ega bölişi mumkin.

Taşqi köriniş jihatidan eng e'tiborli tomoni – stadion va uning atrofidagi yangi qurilgan obektlarini yopib turuvçi ajoyib fasadni aytiş mumkin. Taşqi qismda öziga xos rangli monitor örnatilib, «Real» tarixidagi nurli öyinlardan lavhalar va albatta, reklama berib turiladi. Gerkan, Marg and Partners nemis kompaniyasi aynan vizual effektlar texnologiyalari uçun 100 million yevrodan köp pul sarflaydi. «Santyago Bernabeu» tarixida ilk marta tepadan oçilib-yopiladigan tomga ega böladi – demak, u yerda nafaqat futbol, balki boşqa yirik tadbirlarni ham ötkaziş imkoniyati kengayadi. Florentino Peresning aytişiça, loyiha klub daromadini yiliga 150 million yevroga oşiradi va klub Kriştianu Ronalduning ketişini moliyaviy tomondan tezroq «unutişi mumkin».

Eng muhimi, şunday özgariş va qurilişlar davrida ham «Real» bu stadionda öz öyinlarini bemalol ötkaza oladi, ya'ni jamoa taqvimiga heç qanday ta'sir ötkazmaydi.

«Barselona»: Ekotexnologiyalar va 300 millionlik nom

Yuqorida aytilganidek, öyin kunlaridagi daromadlar böyiça «Kamp Nou» sohibi «Barselona» reytingda eng yuqori körsatkiçni qayd etdi. Ammo sönggi yillarda Ispaniya çempionatida tengsiz bölgan va tarkibida Lionel Messi öynaydigan jamoa stadioni ötgan mavsumda faqat 69 foizga töldi, xolos. «Kamp Nou»dagi oxirgi işlar 1982 yilda, stadionni jahon çempionatiga tayyorlaş paytida amalga oşirilgandi. Ötgan vaqt mobaynida marketing jihatidan ham, klub sifatida ham ança rivojlangan «Barselona» uçun «Kamp Nou»da modernizatsiya qiliş davri allaqaçon kelgan. 

Moliyaviy inqirozga (2008 yil) «yangi Kamp Nou»ning boş arxitektori Norman Foster bölişi közda tutilgandi, ammo yakunda 600 millionlik loyiha tenderini Yaponiya kompaniyasi bölmiş Nikken Sekkei yutib oldi. Yaponlar Kataloniyaning Pascual i Ausió Arquitectes kompaniyasi bilan hamkorlikda iş olib boradi. Stadion siğimi 105 000 örindiqdan iborat böladi, ya'ni, VIP-lojalarda avvalgidan 5-12 sm kengroq bölgan alohida 6 000 kreslo qöyiladi. Pastki yarus burçagi esa, öyingoh yanada qulay körinişi uçun yanada ötkir qilinadi. Hozirda tom faqat bir tribunani yopib turgan bölsa, ta'mirlaş işlaridan söng barça tribunalar yopiladigan böladi.

Barselona – şaharçilik va rejalaştiriş böyiça Yevropa markazlaridan biri bölgani tufayli, «Kamp Nou»ning yangi loyihasi ham mahalliy hukumat bilan uzoq muhokama qilindi. Natijada, barça avtoturargohlar yer ostiga köçirilib, stadion atrofida yangi boğlar taşkil qilinadigan böldi. Futbol muxlislari va şahar mehmonlari uçun yana bir yangilik – arenaning taşqi tarafida qöşimça yaruslar qurilib, u yerdan öyingoh körinmasa-da, butun şaharni tomoşa qiliş mumkin böladi.

Rekonstruksiya işlari 2019 yilning bahorida boşlanişi rejalaştirilgan. Xuddi Madriddagi stadion singari, bu yerda ham işlar 3,5 yil davom etadi va «Barselona» ham bemalol şu davrda uy uçraşuvlarini «Kamp Nou»da ötkazaveradi.

Bu xarajatlarni qoplovçi asosiy manba stadion nomining sotilişidir. Asosiy da'vogar sifatida Kataloniyaning Grifols farmetsevt kompaniyasi tilga olinmoqda va Jozep Bartomeu bu şartnoma taxminan 300 million yevroga baholanişini aytib ötdi.

«Biz bu summa loyiha xarajatlarining kamida yarmini yopişidan umidvormiz», – deydi klub prezidenti.

Agar bu kelişuv amalga oşsa, futboldagi eng katta şartnomalardan biri böladi, masalan, «Arsenal» 10 yil uçun Emirates’dan 200 million yevro olgan. Ammo bu şartnomaga köra, pullar faqat stadion nomi uçun tölanmagan, londonliklar jamoa liboslariga ham uşbu kompaniya logotiplarini tuşirişgan.

Hammasi yaqin yillarda amalga oşadi, «Barselona» muxlislari uçun esa, faqat bir yumuş, ularning yoqimtoyi Lionel Messi ham yangilangan «Kamp Nou»da öynaşga ulgurişini orzu qiliş qoldi, xolos.  

Forbes materiali asosida