AQŞda Monster Energy NASCAR Cup - Daytona 500 seriyasiga kiruvçi poygada 18 ta maşina töqnaşib ketdi. Uşbu ommaviy töqnaşuv videosi 17 fevralda NASCAR poygasining tvitterdagi sahifasida joylaştirilgan.

Maşinalar bir-biriga ziç ketayotganda, ulardan ikkitasi töqnaşib ketgan. Şundan keyin trekda ommaviy töqnaşuv kelib çiqqan – umumiy hisobda 18 ta maşina özaro urilib ketgan. 

Köplab töqnaşuvlar oqibatida trassada uçqunlar va tutun hosil bölgan.

Poygaçilardan heç kim jabrlanmagan. Poyga ma'lum vaqtga töxtatib qöyilgan.