Tatyana Karimova Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimov bilan ilk uçraşuvi haqidagi xotiralarini e'lon qildi. Uning aytişiça, bölğusi davlat rahbari va Tatyana Akbarovna ilk marta Islom Karimovning akasi Ibod Ğaniyeviçning uyida tanişgan.
«Islom Abduğaniyeviç bilan 1970 yili Samarqandda, akasi Ibod Ğaniyeviçning uyida tanişganmiz. Uning rafiqasi Xayriniso Sultonovna mening ammavaççam edi. Men Samarqandda muhandislik-texnologiya fakultetida tahsil olib, talabalar yotoqxonasida istiqomat qilar, darsdan keyin ularnikiga tez-tez mehmonga borib turar edim. Ibod Ğaniyeviç oqköngil, aqlli va odamşinavanda inson, boz ustiga, yaxşi suhbatdoş ham edi», – deya öşa kunlarni eslagan Tatyana Karimova.
Tatyana Akbarovna Islom Karimovni yangi yil arafasida uçratgan.
«Uni menga Ibod Ğaniyeviçning ukasi deb taniştirişdi. Bu Islom Abduğaniyeviç edi. Birinçi uçraşuvimizda deyarli gaplaşmadik. Qizlik idrokimda nedir kuçli taassurot qoldirganini eslolmayman. Men uçun u paytda Islom Abduğaniyeviç oq-qorani tanigan jiddiy bir odam, egaçimning qaynisi edi.
Oradan bir neça oy ötib, fevral oylarida biz yana Toşkentda körişdik. Men Farğonaga ta'tilga ketayotgan edim. Quvasoydagi qarindoşlarni yöqlaşga otlangan Xayriniso Sultonovna menga hamroh böldi. Islom Abduğaniyeviç çipta olişda yordam berdi. Poytaxtda birrovga töxtab ötdik. Bu gal ham suhbatimiz uzoq davom etmadi», – deydi u.
Tatyana Karimovaning xotirlaşiça, martning yettinçi kuni, ayni bayram arafasida, talabalar yotoqxonasiga uni sörab bir yigit kelganini xabar qilişgandi.
«U kim ekani yetti uxlab tuşimga ham kirmagani rost. Özimça otam yöllagan (ehtimol biror narsa berib yuborgandir) yoki oilamiz, xonadonimizga daxldor birovdir-da deb öyladim. Çiqib kördimki, meni yöqlab kelgan odam Islom Abduğaniyeviç ekan. Meni sayr va suhbatga taklif qildi. Biz ilk bor yolğiz özimiz körişib turgan edik. Tabiat, ob-havo, öqiş haqida suhbatlaşdik. Odatiy suhbat.
Lekin sayr asnosida Islom Abduğaniyeviç töxtab, heç kutilmaganda «Menga turmuşga çiqasizmi?» deb söradi. Men, albatta, hayratdan qotib qolgan edim. Qanday izohlaşni ham bilmayman, men şunday holga tuşgan edim: aql vaziyatni hali töliq anglab, baholab bölmasdan, qalb va yurak «ha» deya javob berib bölgan edi. Köngil şubha-yu gumondan xoli kezlarda şunday böladi. Men bu insonning kuçi, samimiyati, jozibasi, qat'iyati va nedir bir ohanrabosini sezgan bölsam kerak… Men «ha» deya javob berdim. Bari ana şunday keçgan edi. Bor-yöği bir neça qisqa uçraşuv…», – deydi Tatyana Karimova.












