Çempionlar ligasi nimçorak finali doirasidagi birinçi uçraşuvda «Liverpul» va «Bavariya» golsiz durang öynadi va zamonaviy futbolning qiyofasini körsatib berdi.

«Liverpul» (Angliya) – «Bavariya» (Germaniya) – 0:0
«Liverpul»: Alisson, Aleksandr-Arnold, Matip, Fabinyu, Roberson, Veynaldum, Henderson, Keyta (Milner, 76), Saloh, Roberto Firmino (Origi, 76), Mane.
«Bavariya» (Myunxen): Noyyer, Kimmih, Zyule, Hummels, Alaba, Tiagu Alkantara, Havi Martines, Koman (Riberi, 81), Gnabri (Rafinya, 90+1), Xames Rodriges (Renatu Sançeş, 88), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Kimmih, 28. Henderson, 55.
Hakam: Rokki (Italiya).
19 fevral. Liverpul. «Enfild» stadioni.
Javob öyini – 13 mart kuni Myunxenda.

Muhim savol
Öyindan avvalgi matbuot anjumanida Yurgen Klopp savollarga javob berişni yakunlab, stoldan turganida zalda hamon qöl kötarib turgan jurnalist qizni körib qoldi va uning ham savolini tinglaşga qaror qildi. «Şu kunlarda men «Liverpul» fanatlari bilan gaplaşdim. Fanatlardan biri Angliya çempionligi kafolatlansa, YeÇLdagi mağlubiyatni töğri qabul qilişini aytdi», dedi u.

Uni eşitib Kloppning yuziga tabassum yugurdi. Keyin u aql bilan javob berişga kirişdi: «Sizga javob berişim qiyin. Agar tanlaş kerak bölsa, «Liverpul»ning barça fanatlari Angliya çempionligini tanlaşadi. Ammo biz hozir Çempionlar ligasidamiz. Xudoga şukrki, biz tanlov qarşisida emasmiz».

Ötgan yilning martida premer-liganing navbatdagi öyini oldidan Xosep Gvardiola ham Angliya çempionati muhimroq ekanini tan olgandi. «Biz mavsumdagi eng muhim sovrin uçun kuraşni davom ettirmoqdamiz. Bu hozir Çempionlar ligasidan, Angliya Kubogi yoki Angliya Ligasi Kubogidan muhimroq», degandi «Siti» ustozi.

Bir oy ötib «şaharliklar» yevrokubokni tark etişadi, ikki oy ötib esa muddatidan oldin Angliya çempionatida ğolib bölişadi.

«Tottenhem» boş murabbiyi Maurisio Poçettino ham ötgan mavsumda öz jamoasi uçun Çempionlar ligasida emas, Premer-ligada muvaffaqiyatli iştirok etiş muhimroq ekanini aytgandi. 

Kloppning eski tanişi
Yurgen Klopp va «Bavariya» - tarixda juda köp marta töqnaş kelgan. «Bavariya» uçun u çempionlik seriyasini tugatgan murabbiy bölsa, Klopp uçun «Bavariya» Dortmund jamoasining eng yaxşi futbolçilarini tortib olgan raqib.

Klopp Çempionlar ligasidagi ilk finalini 2013 yilda ötkazgan. Öşanda aynan «Bavariya» va «Borussiya» töqnaşgandi. «Uembli» öyingohida keçgan final ikki tomonning («Bavariya» va Klopp) özaro 30-töqnaşuvi bölgandi. 19 fevral oqşomida Kloppning sobiq şogirdlari Levandovski va Hummels narigi barrikada ortida edi.

Katta qurbonlik

Zamonaviy futboldagi boşni aylantiruvçi darajadagi yuqori temp barça kuboklar uçun kuraşişga imkon bermaydi. Ba'zida hatto Çempionlar ligasini ham qurbon qilişga töğri kelişi mumkin. «Liverpul» bu mavsumda Angliyadagi içki kuboklardan oçiqçasiga voz keçdi. Körinişidan muxlislar 29 yillik tanaffusdan keyin Angliya çempionligi qölga kiritilsa, YeÇLni erta tark etişni ham keçira olişadi. Mersisaydlik muxlislarni töğri tuşuniş mumkin, bu vaqt içida hatto «Blekbern» va «Lester» Premer-Ligasi kubogini boş uzra kötardi, «Liverpul» esa yöq.

Lekin unutmaslik kerakki, Çempionlar ligasi bir bölak metall, ortiqça dahmaza emas, Yevropaning eng nufuzli sovrini. Yana bir narsani unutmaslik kerakki, «Liverpul» bu kubokni yaqin tarixda, 14 yil muqaddam öziniki qilgandi. 29 yil bilan 14 yilning farqi bor albatta. Qolaversa, hozirgi daraja bilan Klopp jamoasi YeÇLni yutişi qiyin masala, yölda faqat «Bavariya» emas, oldinda yana uçta bosqiç kutib turadi. Maqsadlar hali uzoqda, şu tufayli birini deb ikkinçisi taqdirini xavf ostida qoldiriş ham töğri bölmaydi. Aslida bir öq bilan ikki quyonni uriş deyarli imkonsiz iş.

Myunxenliklar bilan öyinda «Liverpul» YeÇLni qurbon qilmoqçiligini körsatmadi. Birinçi bölimda Mane köplab vaziyatlarni yöqqa çiqarmaganida mezbonlar barça masalani birinçi öyindayoq hal qilib qöyişlari ham mumkin edi.

Ammo «Liverpul» öziga xos bölmagan ehtiyotkorlik körsatdi va imkon qadar töpni yöqotmaslikka harakat qildi. Ikkinçi bölimda esa maydon egalari butunlay himoyaviy uslubga ötib olişdi. Birinçi bölimning oxirgi 15 daqiqasida raqib darvozasi tomon 6 bor zarba yöllagan «Liverpul» ikkinçi bölimda atigi bir marta - 81-daqiqada darvozaga zarba berdi. Tanaffusda nima bölgandi? Klopp öz futbolçilaridan xotirjamlik bilan öynaşni söraganmidi?

Biz maydonda şuni kördikki, tezlik va iştiyoqsiz «Liverpul» juda jön jamoaga aylanib qolar ekan.

Ikkinçi bölimda Salohni bir neça kişi bölib kutib olişga ötişdi, Mane vaziyatlarni kökka sovurişda davom etdi, öyin arafasida grippdan soğaygan Firminoning kuçi 90 daqiqaga yetmadi, myunxenliklarning eng serharakat futbolçisi Joşua Kimmih Manega işlatgan qöpolligi uçun ogohlantirildi va sariq kartoçkalari köpayib ketgani tufayli javob öyinida iştirok eta olmaydigan böldi.

Zyule esa senegallik futbolçiga qöpollik qilmaslikka qaror qilib ötkazib yuborganida, Noyyer burçakni yopişga ulgurdi. Qayd etiş kerakki, «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyyer uçun bu öyin YeÇLdagi yubiley - 100-öyin böldi va bu eng qiyinlaridan edi. U öyin davomida töpga 70 marta tegdi - bu uning uçun turnir öyinlaridagi rekorddir.

Fitnali gumonlar
«Bavariya» esa öyin davomida biror marta darvoza sohasiga aniq zarba yöllamadi. Bu jamoaning ham niyatlari nima ekanini bilib bölmaydi. Bundesligada yana «Borussiya» boş kötargan va myunxenliklarning gegemonligiga barham beriş uçun «bel boğlagan». Avvaliga dortmundliklar 9 oçko oldinga çiqib ketişgandi, hozirga kelib peşqadamning ketma-ket muvaffaqiyatsizligidan foydalangan Niko Kovaç şogirdlari oradagi farqni 3 oçkoga qisqartirgan va endi jamoa uçun YeÇL ğolibi bölişdan köra Germaniya çempionatida seriyani davom ettiriş osonroq bölib qolgan. Şu tufayli nemislar diqqatni köproq içki çempionatga qarata boşlagan bölişlari mumkin. Lekin bular klub içidagi kayfiyatni ifodalamaydi - şunçaki gumonlar.

Lekin şunisi aniqki, hozirda «Liverpul»da ham, «Bavariya»da ham bir xil vaziyat, şu tufayli jamoalar an'analarni bir çetga surib qöyişi mumkin.

Birinçi öyinda kuçlar teng kelgan bölsada, javob uçraşuvi oldidan imkoniyatlar teng emas. «Liverpul» turnirning guruh bosqiçida safar uçraşuvlarining barçasida mağlub böldi. Endi mersisaydliklar bu juftlik favoriti emas. Köramiz, 13 mart kungi javob öyinida Çempionlar ligasi madhiyasi qaysi jamoaga köproq kuç berar ekan...