Airbus aviakonserni 2021 yildan A380 modelini — 853 nafargaça yölovçini siğdira oladigan dunyodagi eng katta fuqaro samolyotini işlab çiqarişni töxtatadi. Aviataşuvçilar tomonidan mazkur samolyotga bölgan talabning pasayişi va A380 samolyotlaridan eng köp foydalanuvçi Emirates aviakompaniyasi buyurtmalarining qisqarişi uşbu qarorga kelinişiga sabab böldi.
«Bizda bajarilmagan buyurtmalar miqdori sezilarli ravişda köp emas, şuning uçun uşbu modelni kelgusida işlab çiqarişdan ma'ni yöq. Bu qayğuli xabar, ammo işlab çiqarilgan samolyotlar samoda hali uzoq vaqt parvoz qiladi, biz esa texnik qöllab-quvvatlaşda davom etamiz», — dedi Airbus boş direktori Tomas Enders.
«Infomost» konsalting firmasi boş direktori Boris Ribakning aytişiça, aviakompaniyalarga bitta ulkan A380da yölovçi taşigandan köra uçta samolyotda reyslarni yölga qöygan yaxşi.Bundan taşqari, işlab çiqaruvçilarga bitta gigant örniga ikki-uçta kiçikroq samolyot işlab çiqargan foydaliroq.
Tört dvigatelli gigant laynerlar A380 va Boeing 747 okean uzra parvoz qiliş uçun möljallangan bölib, aviakompaniyalarga kiçik siğimdagi samolyotlarga nisbatan yölovçi-kilometr tannarxini pasaytirişni ta'minlaş maqsadida işlab çiqarilgan. Avvalgi keng fyuzelyajli laynerlar, masalan 1990 yilda ilk parvozini amalga oşirgan McDonnell Douglas MD-11 uç dvigatelli edi.
«Söngra General Electric 90 kabi yangi avlod dvigatellari paydo böldi. Şunday dvigatellarning paydo bölişi ikki dvigatelli katta samolyotlar işlab çiqariş imkonini berdi. Hozirda yaxşi sotilayotgan A330 paydo böldi, Boeing esa dunyodagi eng katta ikki dvigatelli 777 modelini işlab çiqardi», — deydi «Infomost» boş direktori.
Zamonaviy Boeing 777 va 787 Dreamliner, Airbus A350 va A-330 nafaqat kam yonilği sarflaydi, balki Airbus A380 yoki Boeing 747ga nisbatan xizmat körsatiş ham arzon tuşadi.
«Dunyodagi eng katta A380 parkiga ega Emirates aviakompaniyasi boşqa aviakompaniyalar oldidagi ustunligidan töliq foydalanib Yevropa, Ştatlar va Osiyodagi transfer yölovçilarni tortib olmoqda. U hatto kargo-bozorni ham özgartirmoqda. Asosiy yuk taşiş A-380 yukxonalarida amalga oşirilmoqda. Emirates birorta ham kargo-aviakompaniyasi taklif eta olmaydigan narxlarni taklif etiş imkoniyatiga ega», — ta'kidlaydi Ribak.
Airbus A380 — keng fyuzelyajli tört dvigatelli samolyot bölib, u dunyodagi eng katta avialayner hisoblanadi (balandligi 24,08 metr, uzunligi 72,75 metr, qanotlari uzunligi 79,75 metr). U töxtovsiz 15 400 kmgaça masofaga parvoz qilişi mumkin.
2018 yil noyabr holatiga köra, 15 aviakompaniya parkida 232 dona A380 avialayneri bölib, ulardan 107tasi Emirates aviakompaniyasi tasarrufida.












