Tayvanlik qiz ikki yil davomida ekrani maksimal yorqinlikda bölgan smartfondan foydalangandan keyin köziga tiklab bölmas şikast yetgan. Bu haqda International Business News naşri xabar berdi. 

2018 yil martida orolning janubidagi Gaosyun şahrida kotiba bölib işlovçi 25 yoşli Çen ismli qiz közida kuçli oğriq his qila boşlagan. U oğriqni köz tomçilari bilan qoldirmoqçi bölgan, biroq bu foyda bermagan. Bir neça oydan keyin oğriq yanada kuçaygan, qizning köz oqi esa qonga tölgan.

Qiz şundan keyin şifokorga murojaat qilgan. Körik vaqtida qizning çap közidagi köriş ötkirligi 60 foizga, öng közidagisi esa 30 foizga tuşib ketgani aytilgan. Şifokorlar qizning öng közi muguz pardasida 500 ta mikroteşikçani aniqlaşgan. Ular qizga közi göyoki “mikrotölqinli peçda pişgandek“ körinişda ekanligini aytişgan.

Şifokorlar bunga qizning mobil telefondan maksimal yorqinlikdagi ekran holatida foydalanganini sabab deb ataşgan. Qiz telefonning sozlanmalarini qoronğida işlatganda ham özgartirmagan.

Çenga steroidlar va tiklovçi protseduralar tayinlangan. Qiz hamon ularni qabul qilmoqda. Vaqt ötgaç uning közi biroz yaxşilangan. Biroq şifokorlarning aytişiça, köriş qobiliyatini töliq tiklab bölmaydi.

Professor-oftalmolog Xun Tsitinning ta'kidlaşiça, ekrani maksimal yorqin bölgan telefondan 2 soat foydalangandan keyin köriş bilan muammolar boşlanişi mumkin: “Bunda yaqinni yaxşi körmaslik, közlarning qizarişi, astenopiya, quruq köz sindromi, açişiş va közda yot narsa bordek his, söngra muguz pardaning şikastlanişi, katarakta va retinopatiya avj oladi”. Şifokorning ta'kidlaşiça, qiz bilan boğliq holatda ekranning yoruğligi tavsiya qilingan 300 lyumenda 625 lyumenni taşkil qilgan. Qizning közi şikastlanişiga sababçi telefon markasi va modeli ma'lum qilinmagan.