Zimbabve markaziy banki banklarda saqlanayotgan raqamli dollarlar, şuningdek, AQŞ dollari bilan boğlangan surrogat (sun'iy) valuta bundan keyin Amerika dollariga 1: 1 nisbatda savdo qilinmaydi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.
Şuningdek, gazetadan ta'kidlaşlariça, Zimbabve «aslida» yangi valutani joriy qilmoqda. Markaziy bank rahbari Jon Mangudyaning aniqlik kiritişiça, elektron dollarlar hamda surrogat valuta RTGS (Real Time Gross Settlement, «Real vaqtda yalpi hisob-kitoblar») deb nomlanadi va yangi banklararo valuta bozorida sotiladi.
Mangudyaning sözlariga köra, bu qadam Zimbabveda AQŞ dollari tugab borayotgani bilan boğliq, ular qora bozorda 300-400 foiz farq bilan sotilmoqda.












