Özbekiston maktablarining 2483tasida sport zallari yöq va 2024 yilgaça ularning barçasida sport obektlari bunyod etilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev bugun, 21 fevral kuni vazirlikda bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Yurtboşimizning topşiriqlari bilan 2020-2024 yillarga möljallangan, respublikamizda mavjud bölgan va yangi qurilişi kerak bölgan sport obektlari böyiça beş yillik dastur qabul qilamiz. 9669ta umumta'lim maktablarining 2483tasida sport zallari ham, sport inşootlari ham umuman mavjud emas. Dasturda uşbu 2483ta maktabda sport zali, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan 120ga yaqin sport inşootlarining qurilişi möljallangan», – dedi Dilmurod Nabiyev.

Xalq ta'limi vazirligi ma'lumotiga asosan, Özbekistonda sport zallarga ega bölmagan maktablar soni vazir Nabiyev keltirganidan ham köproqni taşkil etadi. Unga köra, mamlakatdagi 4277ta umumiy örta ta'lim maskani (umumiy maktablarning 44 foizi) sport zali bilan ta'minlanmagan. XTV axborotida keltirilişiça, respublika böylab 65 foiz maktabda oşxonalar yöq.

Ma'lumot uçun, joriy 2018-2019 öquv yilida Özbekiston maktablarida 5821861 nafar öquvçi ta'lim olmoqda, ularning 48,8 foizini qizlar taşkil etadi. Özbekistonda maktab öquvçilari soni keyingi ikki yilda 121,1 foizga oşgan.