Juma kuni «Milan»-«Empoli» uçraşuvi bilan A Seriyaning 25-turiga start berildi.

«San-Siro»dagi bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakun topdi. Uçala gol ham ikkinçi bölimda urildi. Dastlab 49-daqiqada Pyontek hisobni oçgan bölsa, ikki daqiqa ötib Kessie farqni ikkitaga oşirdi. Frankning goliga assistentlik qilgan Kastilexoning özi 67-daqiqada darvozani işğol etib, hisobni yirik körinişga keltirdi – 3:0.

Şundan söng 78-daqiqada mezbonlar törtinçi golni ham urişdi –yarimhimoyaçi Fabio Borini jarima maydoniga yorib kirib, aniq zarba yölladi. Ammo boş hakam Pero Jakomelli videotakrorni kuzatgaç, bu vaziyatda hujumçi Patrik Kutrone tomonidan himoyaçilarga nisbatan öyin qoidasi buzilganini qayd etdi va golni bekor qildi.

Qayd etiş kerak, hujumçi Kşiştof Pyontek «rossoneri» safidagi 6ta öyinda 7ta töp kiritdi.

Uşbu ğalabadan söng «Milan» oçkolari sonini 45taga yetkazdi va 4-örinda mustahkam joylaşdi. «Empoli» esa 17-örinda qoldi. Keyingi turda «Milan» «Sassuolo»ni, «Empoli» «Parma»ni qabul qiladi. Ikkala uçraşuv ham 2 mart kuniga belgilangan.

Italiya çempionati
25-tur, 22 fevral
Milan – Empoli 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 49 Piontek, 2:0 – 51 Kessie, 3:0 – 67 Kastilexo.
Milan – Donnarumma, Konti, Musakko, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko (Bigliya, 80), Lukas Paketa (Borini, 69), Kastilexo, Piontek (Kutrone, 69), Çalhanöğli.

23 fevral
19:00. Torino – Atalanta
00:30. Frozinone – Roma

24 fevral
16:30. Sampdoriya – Kalyari
19:00. Sassuolo – SPAL
19:00. Kevo – Jyenoa
19:00. Bolonya – Yuventus
22:00. Parma – Napoli
00:30. Fiorentina – Inter

Latsio – Udineze öyini qoldirildi.