2019 yilning 21 fevral kuni Praga şahrida Özbekiston Respublikasining Çexiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi Nabijon Qosimov (qarorgohi Berlin şahrida) Çexiya Respublikasi prezidenti Miloş Zemanga işonç yorliqlarini topşirdi.
TIV xabariga köra, marosim doirasida bölib ötgan suhbat çoğida Çexiya rahbari Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlarni, davlat rahbariyatining mamlakat içi va xalqaro maydonda olib borayotgan oçiqlik siyosatini qöllab-quvvatlagan.
Çexiya Respublikasi prezidenti Özbekistonning Markaziy Osiyoda yaqin qöşniçilik munosabatlari va hamkorlikni mustahkamlaş hamda uşbu jarayonga qöşni Afğonistonni jalb qilişdagi rolini alohida qayd etar ekan, bu esa mintaqada tinçlik va barqaror rivojlanişni ta'minlaşga xizmat qilişiga ta'kidladi.
Prezident Miloş Zeman Çexiya tomonining Özbekiston bilan köp qirrali hamkorlikni faollaştirişdan manfaatdorligi, şuningdek, mamlakatda islohotlar jarayoniga zarur yordam körsatişga tayyorligini qayd etdi.
Çexiya prezidenti Özbekiston tomonining ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarda boşqa sohalarda ham hamkorlikni rağbatlantiruvçi iqtisodiy diplomatiyani faollaştirişga bölgan harakatini qöllab-quvvatladi.













