DrainerBot deb nomlangan murakkab firibgarlik kampaniyasi aniqlandi, u Android’dagi mobil qurilmalardan internet-trafikni yaşirinça sarflaydi. U haqda Oracle’ga tegişli bölgan Moat kompaniyasi xodimlari xabar qilgan.

Topilgan zararli kod yuzlab mobil ilovalarga joylaştirilgan. Ular qurilmalarda yaşirin reklamalarni, asosan, videoroliklarni işga tuşiradi.

Bunday dasturlarning muntazam işlaşi har oyda 10 gigabayt internet-trafikni sarflaydi. Şuningdek, zararli dastur işlamayotgan bölsa ham, qurilma quvvatni tezda yöqotadi.

Foydalanuvçi heç qaçon öz gadjeti zararlangani haqida bilmaydi, sababi reklamalar ekranda körinmaydi. Zararlangan ilovalar orqasida quyidagilar bor: 4 Seasons (Full), VertexClub, Perfect365, Touch 'n' Beat - Cinema va Draw Clash of Clans.

Mutaxassislarning sözlariga köra, Android qurilmaning har bir egasi gadjeti qizib ketayotgani va quvvati tez ketayotganidan ehtiyot bölişi lozim. Şuningdek, işlaşning sekinlaşuvi yoki tez-tez qayta yuklaş hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta işlaş ham xavfli belgilar hisoblanadi.