Blumberg agentligi mamlakatlarning aholi salomatligi böyiça reytingini tuzdi.
Ispaniya ötgan yilgi reytingga nisbatan beş poğona yuqorilab, röyxat yetakçisiga aylandi.
Undan keyingi örinni ötgan yili yetakçi bölgan Italiya egalladi.
Yuqori önlikka şuningdek, Islandiya, Yaponiya, Şveytsariya, Şvetsiya, Avstraliya, Singapur, Norvegiya va Isroil kirdi.
Reyting Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, BMT aholişunoslik bölimi va Jahon banki statistikasi asosida tuzilgan.

Mamlakatlarning reytingdagi örnini belgilaşda umr davomiyligi, sanitar va ekologik vaziyat, aholining tibbiy yordam, toza suv bilan ta'minlanganligi, çekuvçi va çekmaydiganlar soni hamda semirişdan aziyat çekayotgan aholi kabi omillar hisobga olingan.













