“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Respublika bolalar autizmi reabilitatsiyasi markazini taşkil etiş haqida petitsiya paydo böldi.
Hozirgi kunda tuğilayotgan çaqaloqlar orasida autizm taşxisi qöyilganlar ham bor. Xorijiy davlatlarda bolalar autizmi bilan şuğullanadigan köplab markazlar faoliyat yuritadi.
“Bizda Respublika bolalar ijtimoiy moslaşuvi markazidan boşqa joyda uşbu kasallikka çalingan bolalarni reabilitatsiya qilişga şaroit mavjud emas”, - deyiladi petitsiyada.
Ma'lumotlarga köra, mazkur kasallikni bolaning yoşligidayoq davolaş mumkin.
“Şundan kelib çiqib, autizm kasalligiga çalingan bolalarga sifatli tibbiy yordam körsatiş, ularning ota-onalariga kömaklaşiş, autizm kasalligini muvaffaqiyatli davolaş maqsadida Respublika bolalar autizmi reabilitatsiyasi markazini taşkil etişni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Eslatib ötamiz, avvalroq şifokorlarning fuqarolar soğliğiga zarar yetkazgani uçun kasbiy javobgarligi majburiy suğurta qilinişi xabar berilgandi.












