Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan belgilanişiça, “Tibbiy faoliyat va tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini majburiy suğurtalaş töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqiladi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatni amalga oşirişda javobgarligi va majburiyati, şuningdek, ular tomonidan fuqarolarga xizmat körsatilganligi;

tibbiyot xodimlarining fuqarolar soğliğiga zarar yetkazgani uçun kasbiy javobgarligini majburiy suğurta qiliş hamda xizmat vazifalarini bajariş vaqtida ularning hayoti va soğliğiga yetkazilgan zararni qoplaş.

Qonun loyihasini işlab çiqiş böyiça mas'ul ijroçilar - Soğliqni saqlaş vazirligi, Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boşqaruvi milliy agentligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiş muddati - 2019 yil 1 sentabr, Qonunçilik palatasiga kiritişning taxminiy muddati - 2019 yil 1 oktabr.

Eslatib ötamiz, avvalroq majburiy tibbiy suğurta tizimi 2021 yildan boşlab joriy etilişi xabar berilgandi.