Moskvada, Sankt-Peterburgda va Rossiyaning boşqa şaharlarida 4 yil muqaddam öldirib ketilgan muxolif siyosatçi Boris Nemsovni xotirlaş marşlari ötkazildi.

Qatorasiga törtinçi yil ötkazilayotgan marş va mitinglarda bu yil ham minglab kişilar iştirok etdi. Politsiya ma'lumotiga köra, Moskva markazidagi mitingga 6 ming nafardan ortiq kişi kelgan. Faollarning aytişiça esa, aksiyada 10 mingdan ortiq kişi qatnaşgan. Aksiya heç qanday köngilsizliklarsiz ötgan va heç kim hibsga olinmagan. 

Foto: Andrey Lyubimov / RBK

Mitingga çiqqanlar «Qahramonlar ölmaydi! Rossiya ozod böladi!» yozuvlari tuşirilgan ulkan plakatni kötarib köçalardan ötişdi. Şuningdek, ularning qölida Rossiya bayroqlari, turli muxolif harakatlarning bayroqlari (önlar ham, söllar ham), Boris Nemsovning portretlarini köriş mumkin edi. Ulardan biri hatto Yevropa Ittifoqi bayroğini kötarib olgandi. Plakatlardan birida şunday yozilgandi: «Nemsov köprigi —u şu yerda öldirilgani uçun emas, u şu köprikda köp sayr qilgani uçun». Yana bir plakatda «U bizning kelajagimiz uçun kuraşgan» deya yozilgan.

Foto: Andrey Lyubimov / RBK

Namoyişçilarning qöllarida siyosiy mahbuslarning va halok bölgan faollarning portretlari ham bor edi.

Foto: Vlad Dokşin / «Novaya gazeta»
Foto: Vlad Dokşin / «Novaya gazeta»

Moskvada marşçilarning birinçi qatorlarida Aleksey Navalniy, Gennadiy Gudkov, Dmitriy Gudkov, Vladimir Lev Ponamaryov, Vladimir Rijkov, Vladimir Kara-Murza, Valeriy Tsaturov, Mixail Kasyanov, Grigoriy Yavlinskiy hamda Ilya Yaşinni köriş mumkin edi.

Aleksey Navalniy rafiqasi Yuliya hamda ukasi Oleg bilan