Turkiya parlamenti deputati Mustafo Şantop Binali Yildirim örniga parlament spikeri etib saylandi. Yildirim Istanbul meri lavozimiga nomzodini qöyiş uçun iste'foga çiqdi. 

Hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi vakiliga deputatlardan zaruriy 301 nafardan  336 nafari ovoz bergan. Uni uçinçi urinişda saylaşga muvaffaq bölingan. 

Şantopning spiker lavozimi uçun kuraşdagi raqiblari muxolifatçi Engin Oltoy, Xalqlar demokratiyasi partiyasidan Sarpil Kamolboy Pakgazagyu va millatçilar partiyasidan Imom Husayn Filiz bölgan.

Yildirim Turkiya parlamenti raisi lavozimidan iste'foga çiqişini 18 fevralda e'lon qilgandi, çunki mahalliy saylovlarda Istanbul meri lavozimi uçun kuraşadi.

Turkiyada mahalliy saylovlar 31 martda bölib ötadi.